Get Mystery Box with random crypto!

#Adliya_eslatadi Agar sizdan ortiqcha hujjat talab qilinsa, | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Adliya_eslatadi

Agar sizdan ortiqcha hujjat talab qilinsa, Adliya vazirligiga murojaat qiling!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6191-son va PF–6269-son Farmonlariga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilingan:

- shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;

- mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;

- kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;

- soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;

- diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);

- tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;

- “Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar (to‘liq ro‘yxat yuqoridagi havolada).

Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, MJtKning 215-5-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Hurmatli fuqarolar, agar Siz talab qilinishi bekor bo‘lgan hujjatlarni so‘rash holatlariga duch kelsangiz, Adliya vazirligining 1148 Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, bu haqda bot manziliga yozib qoldirsangiz ham bo‘ladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat