Get Mystery Box with random crypto!

#litsenziyalash_xizmati Endilikda 'Litsenziya' axborot tizi | Davlat xizmatlari yangiliklari

#litsenziyalash_xizmati

Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmati