Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan oʻtkazis | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali amalga oshirish mumkin.

Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

yuridik shaxslar uchun – 4 yil;
jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

Hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazish davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun quyidagicha yigʻim undiriladi:

jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (66 000 soʻm);
hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning 15 foizi (49 500 soʻm);
yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (495 000 soʻm) miqdorida.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat