Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Mavzuli soʻrovlarni ijro etish davlat xizmati haq | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Mavzuli soʻrovlarni ijro etish davlat xizmati haqida bilasizmi?

Siz biror hujjatingizni yoʻqotib qoʻydingiz yoki maʼlum davrdagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilganda qayerga murojaat etishni bilmasangiz, unda ushbu davlat xizmati ayni muddaо bo'ladi.

"Mavzuli soʻrovlarni ijro etish xizmati" yordamida siz alohida faktlar, maʼlumotlarni aniqlash (tasdiqlash), mulk huquqini aniqlash, turar joy boʻyicha maʼlumotlarni olish kabi koʻplab soʻrovlarni yuborishingiz mumkin.

Soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlarni aniq kiritish, qaysi organ tomonidan qabul qilinganligini, imkon qadar sanasi va raqamini kiritishingiz kerak boʻladi.

Davlat xizmatidan DXM orqali yoki YIDXP (my.gov.uz) yordamida foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat