Get Mystery Box with random crypto!

#Litsenziyalash_xizmati Endilikda 'Litsenziya' axborot tizi | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Litsenziyalash_xizmati

Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risida xulosa" olish mumkin.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun;

Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

neft-gaz quduqlarini foydalanishga (ekspluatatsiya) o‘tkazish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan);

neft-gaz quduqlarini tugatish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan);

neft-gaz quduqlarini vaqtinchalik to‘xtatish (konservatsiya qilish) jarayonida — 5 yil;

shaxtalar (konlar)ni bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan).

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat