Get Mystery Box with random crypto!

Puchon universitetiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi 2022-y | Davlat test markazi

Puchon universitetiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2022
-yil 21-aprel kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga qabul uchun test sinovi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Davlat test markazida tashkil etilib, unda talabgorlarning ingliz va koreys tillarini bilish darajasi aniqlandi.

Buning uchun talabgorlarning o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Test sinovida talabgorlarga har bir bo‘lim bo‘yicha 30 tadan 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.

Test natijalari hisoblangandan so‘ng Puchon universitetiga taqdim etiladi.
Tezkor va rasmiy habarlar
https://t.me/+X52TMtr8bsRhYzVi