Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yic | Davlat test markazi

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 25-apreldan boshlanadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 25-28-aprel kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 22-aprel kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (270 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Tezkor va rasmiy habarlar
https://t.me/+X52TMtr8bsRhYzVi