Get Mystery Box with random crypto!

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

Telegram kanalining logotibi davkadastrpalata — DAVLAT KADASTRLARI PALATASI D
Telegram kanalining logotibi davkadastrpalata — DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Kanal manzili: @davkadastrpalata
Toifalar: Siyosat , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.82K
Kanalning ta’rifi

Murojaatlar uchun:
Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi 99871 207 00 03
Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 16:00:28
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксаройда мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан тақдирланганларга давлат мукофотларини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 31-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
561 views13:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:50:01
“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Mirsaid Mirmaksudov, Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari:

Farmonda Kadastr agentligiga belgilangan vazifalar xususida maʼlumot.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
591 views12:50
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:10:02
#matbuot_anjuman

Айни дамда “Мулк ҳуқуқининг дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилиш, мулкий муносабатларга асоссиз аралашувга йўл қўймаслик, хусусий мулкнинг капиталлашув даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони мазмун-моҳиятига бағишланган матбуот анжумани бошланди.

Унда Олий Суд, Адлия вазирлиги масъуллари ҳамда Кадастр агентлиги директор ўринбосари Мирсаид Мирмаксудов иштирок этмоқда.

Матбуот анжуманни Узрепорт ҳамда Ўзбекистон24 телеканали орқали жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
697 views11:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:01:11
Korrupsiyaga qarshi kurash

Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

Bugun, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasining Komplaens nazorati xizmati rahbari A. Rahmatov hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikovlar ishtirokida xodimlar o‘rtasida qonunga xilof xatti-harakatlarning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish haqida batafsil...

#DavKadastrPalata #komplaens_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
870 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:00:01
Mustaqillik, istiqlol, iftixorim, g‘ururimdir

Bugun, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari o'tkazildi. Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Allaberganov va A.Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev ishtirok etib, davlatimiz mustaqilligi bilan barcha yig‘ilganlarni qutladilar.

Markaziy apparat va hududiy boshqarmalardan ko‘p yillar davomida jonkuyar xodim sifatida namuna bo‘lgan kadastrchilar taqdirlangan mazkur tantanali tadbir haqida yana batafsil ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #mustaqillik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
1.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-12-18 09:00:56
Tomorqa yer egalariga imtiyozlar

“Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 16.12.2021 y.) qabul qilindi.

Tomorqa yer egalariga:

qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish;

kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik;

poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
575 views06:00
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:58:28
#kadastr #tanlov_final #korrupsiya

Bugun "Korrupsiya-tarraqiyot dushmani" videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo'lib o'tdi.
Mazkur tanlovga 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushgan bo'lib FINAL bosqichga 11 ta rolik g'oliblik va sovrinlar uchun ishtirok etdi.

Mazkur intro FINAL bosqichgacha yetib kelgan roliklar haqida qisqacha tayyorlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
292 views11:58
Ochish/sharhlash
2021-12-17 13:44:14
Давлат раҳбарларининг музокараларидан сўнг икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлди.
Президент Шавкат Мирзиёев ва Президент Мун Чжэ Ин Ўзбекистон Республикаси билан Корея Республикаси ўртасидаги алоҳида стратегик шериклик муносабатларини чуқурлаштириш тўғрисидаги қўшма баёнотни қабул қилдилар.
Икки мамлакат раҳбарлари ҳузурида соғлиқни сақлаш, “ақлли” шаҳарлар, энергетика, нодир металлар соҳасида ҳамкорлик қилиш, лойиҳаларни молиялаштириш бўйича қатор келишувлар имзоланди.

После переговоров глав государств состоялась церемония подписания двусторонних документов.
Президенты Шавкат Мирзиёев и Мун Чжэ Ин приняли Совместное заявление об углублении отношений особого стратегического партнерства между Республикой Узбекистан и Республикой Корея.
В присутствии лидеров подписан ряд документов о сотрудничестве в области здравоохранения, “умных” городов, энергетики, редких металлов, финансировании проектов.

#Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
622 views10:44
Ochish/sharhlash
2021-12-17 08:30:00
Davlat kadastrlar palatasida ma'rifat soati

Ma’rifat soatida spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishdi:

Yoshlar forumi - 2021;
Davlat xizmatchilarining etikasi;
Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati).

Shuningdek, o‘quv soatida O’zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.

Qayd etish kerakki, ushbu ma’rifat soati Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining barcha xodimlari o‘rtasida ham o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #ma_rifat_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
970 views05:30
Ochish/sharhlash
2021-12-17 06:59:58
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
908 views03:59
Ochish/sharhlash