Get Mystery Box with random crypto!

💻|Dasturlash|💻

Telegram kanalining logotibi dasturlash_coding — 💻|Dasturlash|💻 D
Telegram kanalining logotibi dasturlash_coding — 💻|Dasturlash|💻
Kanal manzili: @dasturlash_coding
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.26K
Kanalning ta’rifi

⌨️ Dasturlash kanalimizga xush kelibsiz!

• Reklama: @diyor_zoyirov

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-15 17:22:20 Assalomu alaykum Dasturlash kanali a'zolari!

YouTube kanal ochib, yuritayotganlar yoki ochmoqchi bo'lganlar bormi?

P.S. Aynan qaysi yo'nalishda ochmoqchisiz?
2.1K views14:22
Ochish/sharhlash
2022-07-14 21:57:55
Dasturchilar, asabni asrang!

Kodingiz ishlamasa yoki xatolik bersa, guruhlarga savolni to’g’ri bering

Pythonni biladiganlar bormi, PHPni kim tushunadi demang. Savolni batafsil tushuntiring, bilganlar aytishadi, bilmaganlar jim turishadi.

Kod yozishda chalg’imang

Telegram, Instagramlarga kirmaslikka harakat qiling. Savol chiqsa, Telegramga kirish mumkin, unda ham faqat savol uchun.

Kod ishlamasa asabingizni buzmang

Kodni tiklasa bo’ladi, ammo asabni emas.

Google’dan foydalanishni o’rganing.

Stackoverflow.com sayti orqali minglab dasturchilarning ishi bitgan.

So’rashdan uyalmang

Biror guruhda balki siz yaxshi biladigansiz va o’zingizga yarasha obro’ bo’lishi mumkin, ammo savol chiqsa uni berishdan uyalmang. Kezi kelsa, miya 2+2 ni ham hisoblay olmasligi mumkin.

@dasturlash_coding
2.3K views18:57
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:21:29
Sizga qanday protsessorli kompyuter kerak?

Shunday insonlar bor, kompyuterda qiladigan ishi - internetga kirish, Word, Excel, PowerPoint bilan ishlashdan iborat. Lekin kompyuteriga eng kuchli protsessor o'rnatilgan bo'ladi. Ba'zilarda esa aksincha...

Xo'sh, o'zi qanday faoliyat uchun qanday protsessorli kompyuter tanlash kerak?

Oddiy ishlar (xujjatlar bilan ishlash, internetda o'tirish, kino ko'rish) uchun:
Intel G5400 - 3.7 GHz, 4M kesh, LGA1151, CoffeeLake 2 yader 4 potok

Offis ishlari (bir necha oynalar bilan ishlanadigan ishlar) uchun:
Intel-Core i3 - 9100, 3.6 GHz, 6M kesh, LGA1151, CoffeeLake 4 yader 4 potok

O'rtacha dasturlar uchun:
Intel-Core i5 - 9400, 2.9 GHz, 9M kesh, LGA1151, CoffeeLake 6 yader 6 potok

Kuchli dasturlar uchun:
Intel-Core i7 - 9700, 3.0 GHz, 12M kesh, LGA1151, CoffeeLake 8 yader 8 potok

Istalgan sohada professionallar uchun:
Xeon E5-1680V3 3,20 GHz, 20M kesh, 8 yader 16 potok

Siz qanday protsessorli kompyuterdan foydalanasiz?

@dasturlash_coding
2.0K views08:21
Ochish/sharhlash
2022-07-09 03:55:04
Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!

Аллоҳнинг раҳмати бир сизга бўлсин.
Умрингиз исломнинг нурига тўлсин.
Шукурким етказди улуғ кунларга.
Ушбу ҳайит айёми муборак бўлсин!

Hurmat bilan @dasturlash_coding
2.4K views00:55
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:40:52
@dasturlash_coding
2.6K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:29:13
MERN nima?

MERN bu xozirda xalqaro rivojlangan texnologiyalar jamlanmasi hisoblanadi, bu so'zlar texnologiyalar qisqartmasi bo'lib

MongoDB : Dastur ma'lumotlarini saqlash uchun foydalaniladigan hujjat yo'naltirilgan, SQL-bo'lmagan ma'lumotlar bazasi.

NodeJS : JavaScript ish vaqti muhiti. Bu brauzerda emas, balki mashinada JavaScriptni ishlatish uchun ishlatiladi.

ExpressJS : NodeJS funktsiyalari va tuzilmalari yordamida saytning orqa tomonini yaratish uchun foydalaniladigan NodeJS-ning yuqori qismida joylashgan ramka. NodeJS veb-saytlar yaratish uchun emas, balki JavaScriptni mashinada ishlatish uchun ishlab chiqilganligi sababli, ExpressJS ishlab chiqilgan.

ReactJS : Facebook tomonidan yaratilgan kutubxona. U bitta sahifali veb-ilovaning foydalanuvchi interfeysini yaratadigan UI komponentlarini yaratish uchun ishlatiladi.

@dasturlash_coding
2.3K views11:29
Ochish/sharhlash
2022-07-04 09:34:52
PERN stack nima ?

PERN bu - PostgreSQL, Express, React va Node.js texnologiyalaridan tashkil topgan to'plam hisoblanadi. Ushbu texnologiyalarni birlashtirib to'liq veb-dasturlarni yaratish mumkin.

P - PostgreSQL
PostgreSQL - bu SQL tilini ishlatadigan va kuchliochiq manbali ob'ektga oid ma'lumotlar bazasi.

E - Express(Back-end Framework)
NodeJS funktsiyalari va tuzilmalari yordamida saytning orqa tomonini yaratish uchun foydalaniladigan framework hisoblanadi.

R - ReactJS (Front-End Library)
Facebook tomonidan yaratilgan kutubxona. U veb-ilovaning foydalanuvchi interfeysini yaratadigan UI komponentlarini yaratish uchun ishlatiladi

N - NodeJS (JavaScript runtime environment)
JavaScript ish vaqti muhiti. Bu brauzerda emas, balki mashinada JavaScriptni ishlatish uchun ishlatiladi.

@dasturlash_coding
2.1K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-06-30 10:26:05 Dasturlash paytida halal berishi mumkin bo'lgan 5 ta hissiyot.

1. Ko'p xato qilyabman, mendan dasturchi chiqmaydi.

Aslida bunday emas, xatolarsiz bu sohani o'rganib bo'lmaydi. Bu holat hammada uchraydi, ko'proq xatolar qilib, ularga yechim topish tezroq o'rganishingizga yordam beradi.

2. O'rganishim uchun yetarli manbalarim yo'q.

Internetda tekin manbalar juda ko'p, to'g'ri qidirishni bilish kerak. Videodan o'rganishdan ko'ra, GitHubdagi proyektlarning kodini ochib ko'rib o'rganishga odatlaning, bu ancha samaraliroq bo'ladi.

3. Kod yozish uchun vaqtim yetarli emas.

Vaqt hammaga teng taqsimlangan va oldimizda 24 soat bor. Agar kod yozishga vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, bundan muhimroq boshqa ishingiz bor. Birinchi navbatda kod yozishga asosiy urguni qaratish kerak

4. Qolganlar mendan kuchli, men ancha zaifman.

Ijtimoiy tarmoqlarda yurganingizda tezda shu hissiyotni boshdan kechirasiz, o'zimda ham bunday holat ko'p bo'lgan. Sizdan ustunlar doim bo'ladi, ammo sizdan ham yomonlar yetarlicha topiladi.

5. Bir kunim o'tsa hech narsa qilmaydi.

Bu eng yomon hissiyot, kun kelib hatto odatga ham aylanib qolishi mumkin. Hech qachon kuningizni behuda sarflamang.


@dasturlash_coding
2.5K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:10:07
Dasturlashdagi birinchi qoida: agar kod ishlayotgan, boʻlsa UNGA TEGMA!

@dasturlash_coding
2.2K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-06-27 14:28:04
Dark Web | Deep Web

• Biz hozirgi kunda ko'rib foydalanadigan veb-saytlar yoki veb-xizmatlar, ijtimoiy tarmoqlar veb olamning atigi 4% qismi xolos ya'ni aysberg'ning suv yuzasiga chiqib turgan kichik qismi. Aslida esa aysbergning eng katta qismi suv ostiga yashirilgan.

Deep web - bu aysbergning suv ostidagi o'rta qismi bo'lib, undan asosan ma'lumotlar bazalari o'rin olgan. Siz-u bizning Gmail, Netflix, PayPal yoki boshqa veb-xizmatlardan foydalanganimizda saqlanib qoladiganlar ma'lumotlar deep web'da saqlanadi va bu internet olamining 90% qismini egallaydi.

Dark web. Aysberg'ning eng tag qismi qora olamga siz faqat maxsus brauzer Tor yordamida kirishingiz mumkin. Bu haqiqiy jinoyat olami, narkotik, qurol-yaroqlar va hatto qotillik uchun yollanadigan jinoyatchilar xizmatlari sotiladigan qora bozor. Xakerlarning bari o'sha yerda. Mutaxassislar u yerga shunchaki bir ko'rish uchun ham kirishingiz tavsiya etishmaydi.

@dasturlash_coding
2.4K views11:28
Ochish/sharhlash