Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchilar, asabni asrang! Kodingiz ishlamasa yoki xatoli | 💻|Dasturlash|💻

Dasturchilar, asabni asrang!

Kodingiz ishlamasa yoki xatolik bersa, guruhlarga savolni to’g’ri bering

Pythonni biladiganlar bormi, PHPni kim tushunadi demang. Savolni batafsil tushuntiring, bilganlar aytishadi, bilmaganlar jim turishadi.

Kod yozishda chalg’imang

Telegram, Instagramlarga kirmaslikka harakat qiling. Savol chiqsa, Telegramga kirish mumkin, unda ham faqat savol uchun.

Kod ishlamasa asabingizni buzmang

Kodni tiklasa bo’ladi, ammo asabni emas.

Google’dan foydalanishni o’rganing.

Stackoverflow.com sayti orqali minglab dasturchilarning ishi bitgan.

So’rashdan uyalmang

Biror guruhda balki siz yaxshi biladigansiz va o’zingizga yarasha obro’ bo’lishi mumkin, ammo savol chiqsa uni berishdan uyalmang. Kezi kelsa, miya 2+2 ni ham hisoblay olmasligi mumkin.

@dasturlash_coding