Get Mystery Box with random crypto!

OMONAT 75-qism Iroda qarasa Noila xolani savollari tugay dema | Dardli Sevgi Hikoyalari sherlari

OMONAT
75-qism

Iroda qarasa Noila xolani savollari tugay demaydi shunga ketishlari kerakligini aytib uydan chiqishti
-hayotingni saqlab qoldim
-yaxshi gaplashayotgandik
-ishonaver savollari tugamaydi bu ayolni bir changaliga tushtingmi chiqolmaysan qaytib.
-Sezdim.
-Qayerga ketayapmiz?
-borganda bilasan.
Muslim Irodani kichkinagina kafega olib kirib shirinlik olib berdi qahva bilan. Biroz latifa aytib yuziga tabassum ulashdi. Uyga kirayotib ham qól ushlashib baxtli holda kirishti.
-Va nihoyat keldingiz meni chaqirib qóyib ózing qayerda yuribsan Muslimm
-Ha ish boshlamasdan avval sen ham biz bilan kofe ichasanmi?
-yóq! Xech qachon! Iroda jaxl bilan baland ovozda gapirishga gapirdi lekin afsuslanib tepada xonamda ishlarim bor shunga deya zinadan yugirib chiqib ketdi
(Bu nima endi ) Muslim Azizaga kutib tur ishorasini qilib Irodani ortidan yuqoriga chiqti va Irodani ofisiga olib kirdi.
-Nima qilayapsan qóyib yubor meni?
-nimadir bólgani aniq.
-hech narsa bôlmadi ishim...
-ishingni sóramadim. Uyga kirishing bilan ózgarding. Yuzing oqardi... Nega ózingni yosh boladek tutayapsan?
-yosh bolami? Senchi sen avval ózingni bil. Fotihali yaqinda tôyi bôladigan odam yarashadimi senga shunaqa yurish? Tq hechamda. Yarashmayapti. Tôĝri bu tôy soxta lekin soxta bólasa ham turmush qurayapmiz. Shunga mos ish qilsang bôlardi. Bir nomaxram bilan quchoqlashib yuz yanoq ôpib kórishishlar. Tavba uylanayotgan odam ham shunday kôrishadimi yana ESKI SEVGILISI bilan.
Muslim hayron qarab turib Irodani jimgina kuzatdi
-Nima Azi meni sevgilim emas! Bólmagan bólishi ham mumkin emas. Bir dôstimning OMONATI u menga. Singlimdek gap. Inson singlisi bilan qanday munosabatda bólsa biz ham u bilan shunday aka singildek. U akam men singlim deganman uni.
-SsInglinggggmiii? Demak shunday negaaa avvalroq aytmadingg bunii agar aytganingdaaa...
- tashqaridan seni bu holingni kórgan odam meni qizĝondi deb ôylaydi
- hechamda nega endi qizĝonishim kerak qizĝonmadim. Biz unashtirilganmiz shunga ózimni shunday tutdim. Men ketim Yusufdan habar olay.
Iroda qizargan ha shoshib chiqib ketdi. Muslim hirsand holda QIZĜONDI. QIZĜONDIMI DEMAK SEVADI. dedi va Azi bilan boshlagan ishini oxiriga yetkazdi.

Iroda bólgan voqeadan afsuslanib xonasiga kirib Muslim bilan gaplashish uchun proba qildi. Yani unga atay ôzini shunday tutganini aytish uchun.
-Xola nima qilayapsiz?
-birdonam proba qilayotgandim. Odamlar muhim gapni gaplashish oldidan proba qilishadi chunki.
-siz kim bilan gaplashasiz
-amakinda muhim gapim bor probam tugadi aytib kelaychi.
- hola omad tilayman.

-kirsam maylimi muhim gapim bor
- ha kelaver quloĝim senda gapir
- haligi... Men... Gapimmm Azi Aziza haqida men ôzimni... Haligi... Nimaydiyaaa.. Azi...
- tushundim. Sen ôzingni hammani yonida Azizadan meni qizĝongandek tutding. Ha buni uddalading. Qoyil. Mahoratli aktrisa ekansan. Hamma hatto men ham ishondim bunga.
Muslim shunday deb stakanga suv quydida Irodaga uzatdi -ol ichib ol hayajoning bosiladi
-raxmat meni Yusuf kutayotgandi

Bu kecha Aziza hayrlashish va raxmat aytish uchun qayta keldi yonida ózi bilan tóy uchun sovĝa ham olib keldi. Iroda raxmat bildirgancha Aziza bilan boshqacha hayrlashdi. Yana keking sizni kutamiz dedi Aziza chiqayotganda.
Aziza ketib bólgach Iroda ôz honasiga ketayotgandi
-Bunga ishonching komilmi? Muslimni jiddiy ohangda aytgan gapi eshitildi
-nimaga....?
-Azi uni qayta kórishingdan xursand bôlishingga.
-albatta uni intizorlik bilan kutib qolaman. Iroda shunday deya xonasi tomon yurib ketdi.

Xosiyat hamma asta sekin tóy sovĝasi berayapti deb óz qóli bilan tayyorlab bezatilgan ichidan Iroda Muslim va Yusuf joy olagan fotoalbomni sovĝa qildi. Iroda shu albomni maroq bilan tomosho qilarkan Muslim oldiga kirdi.
-qólingdagi nima?
-Fotoalbom Xosiyat tôy uchun sovĝa qildi óz qôli bilan yasabdi.
- men ham bir kôraychi
- marxamat.
Muslim bir Iroda bir albom ichidagi rasmlarga qarab asta jilmaydi- juda chiroyli chiqibdi
- ha menga ham yoqti... Aytgancha menga biror gaping bormidi?
- Ertaga tôy uchun proba qilamiz tashkilotchilar kelishadi.

Muallif
#UmmuXadicha
Ruxsatsiz tarqatmang