Get Mystery Box with random crypto!

OMONAT 74-qism Yarm tunda suvsirab oshxonaga chiqqan Iroda or | Dardli Sevgi Hikoyalari sherlari

OMONAT
74-qism

Yarm tunda suvsirab oshxonaga chiqqan Iroda ortidan kelgan ovozdan chôchib tushadi buni sezgan Muslim darxol chiroqni yoqadi.
-Nega qoronĝuda turibsan?
-Suv ichmoqchi edim. Kalidor yoqiq bólgani uchun bu yerni yoqmadim. Nega hali ham uxlamaganding.
- uyqum kelmadi Qôrqma ishonchli yerdasan. Ham bundan keyin seni himoya qiladigan inson bor. Men borman. Shuni bil.
- yaxshi yana senga bir gap ayishim kerak. Taklifnoma berish uchun Sardorni oldiga borgandim bu voqea shundan sóng bóldi qayerga borganimni bilishing kerak deb óyladim.
-nega chiqishdan oldin aytmading? Yoki shafyorlardan biriga aytmading?
-ishlayotganding Aziza bilan. Bezovta qilmay deb... Shafyorlarga ham ózimni shaxsiy ishim deb
-Meni bor ishim sensan. Qachon ehtiyojing bólsa menga ayt. Hech qachon bezovta bólmayman. Bundan keyin men degan sóz yôq biz bormiz. Kelishtikmi?
-Ha tushundim. Raxmat.
-Yaxshi dam ol kech bóldi.
-Sen ham.
-nima? Muslim Irodaga ĝalati qarab turardi.
-Siz ham demoqchiydim
-shunday bólsin buyoĝiga etiborli bólaylik ikkimiz ham.

Ertasiga kelin kôylak va kelin sarposi uchun kerakli butun narsalarni Muslim uyga olib kelishlarini tanladi. Yani bozor keldi. Iroda uyalibgina narsalar tanlar ekan Aziza ham kirib kelib unga yordamlasha boshladi.
-Irodaxonim didimiz bir ekan a siz bilan
-ha shunday ekan lekin bunday qalin narsalarni keragi yôq chunki uy sovuq emas.
Aziza birdaniga handon otib kulib yuborganini kórgan Setora nega kulganini sóraganida.
-Bir kun qishda toĝga ish bilan borganimda mashinam bizilib ôsha yerda qolganman Muslim kelib meni qutqargandi. Bir uyga kirib tongacha qanday isinishimizni bilmay gaplashib chiqqandik. Eslasam kulgim keladi.
Buni eshitgan Irodani jaxli yanayam chiqadi. Yuqoridan ularni kuzatib turgan Muslim Irodani honasiga chaqirtiradi.
-tinchlikmi? Chaqirtiribsan?
-ha qarasam ôzingni noqulay his qilding shunga qutqardim.
-ha sen shunaqa yordamsevar insonsanda hammani qutqarib yurasan.
-tushunmadim bu...
-kechirasam charchadim shakilki nima deganimni farqiga bormadim.(uf nima uchun bunga bunday dedim ózi yana ovozimni balandlatib ôziga ózi ichida aytdi Iroda)
-Salomlar sizga Muslimbekk akajonisiii yoo begimmm sultonimm deb chaqirayapsizmi xullas men keldim narsalar tanlab oldik juda qiyin ekan lekin didimiz bir ekan men ham aynan shularni olgan bólardim ha Irodahon yoo Malikamm gulimm deb chaqiqamizmi bir nechtasini kórsatamizmi Muslimga a?
-Men Yusufga bir qaray ancha vaqtdan beri yolĝiz.
-ha mayli biz ham ishlaylik hali ishimiz kóop ertalabkacha qolaman menimcha bugun
Iroda asabiylashin ĝazablandi alamini nimadan olishni bilmadi.
Kuni bilan ózini qôyarga joy topa olmadi. Kôchaga chiqishga qôrqti. Va nihoyat kech bóldi. Lekin Aziza ketmadi yonlariga kirishni istadi lekin nima deydi. Kirmadi. Kirolmadi. Yarim tun bóldi hamki Muslimni ofisi chiroĝi yoniq. Sut ichsam uyqum kelar deya oshxonaga tushti va Azi bilan qarshilashdi.
-Buni qaraya meni judayam uyqum kelyapti seni esa uyqu tutmadi shekilki sut ichayapsan
-ha shunaqa qahva tayyorlab beraymi
-yoq tayyorlab oldim raxmat.
Ular bir oz suhbatlashishdi. Iroda xonasiga chiqarkan Muslim bilan qarshilashdi
-Axvoling yaxshimi?
-ha yaxshi
-senga nima bôlganini qandayliginigni bilaman hozir yaxshi emassan? Bu hol charchaganingdan emasligi aniq. Ha jaxling ham chiqayapti ĝazablanayapsan lablaring qaltirayapti
-men yaxshiman hozir oshxonada Azi bilan maroqli suxbat qurdik endi esa xonamga uxlash uchun ketayapman.
Iroda shunday degancha ketdi. Muslim yana hech narsaga tushunmadi.

Erta tong Azi bilan qarshilashmaslik uchun Nodira onasinikiga kelgan Irodani Ortidan Muslim ham yetib keldi.
-Nega aytmasdan...
-Onamni kórgim keldi
-Menmonni ichkariga taklif qilmaysanmi qizim
-Assalomu Alaykum Nodira ona yaxshimisiz
Uyga kirib salom alik qilishti. Uyda yana bir mehmon bor edi Nodira onani onalari. Noila xola. Ancha qari ayol.
-Kuyov bolam nima ish qilasiz bular kampaniya deyishti tushunmaymanda buni?
-Ha biznes deylik.
Qólizda qancha kdam ishlaydi
-2 minga yaqin.
-voy boo kópku juda bu.

Muallif
#UmmuXadicha
Muallif ruxsatisiz tarqatmang
@Sabrda_miz