Get Mystery Box with random crypto!

Xotira boʻlib qolsam kerak)

Telegram kanalining logotibi dalli_devona — Xotira boʻlib qolsam kerak) X
Telegram kanalining logotibi dalli_devona — Xotira boʻlib qolsam kerak)
Kanal manzili: @dalli_devona
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-03-13 18:43:34 oʻsha kunda Afrodita oʻz oʻchini Eros orqali olmaganida, Narsiss bu ahvolga tushmasdi, ehtimol
1 view15:43
Ochish/sharhlash
2023-03-13 18:43:34 Muhammad Siddiqning o'zidan shu she'rini eshitganman ilk bor. Kulgu ko'tarilgandi o'shanda davrada. Kulgu-ku, ko'tarilgandiya, lekin hamma bilardi she'rning asil tuyumini. Xullas, shoir tug'ilgan kuni ekan, salomat bo'lsin. Adabiyot ko'p narsa umidvor bugunning yoshlaridan.

* * *
SHOIR

Xohlagan rangimga bo‘yayman kunni,
axir menam bitta telba musofir –
oppoq qog‘ozlarni qoralab, tunni
ichib ketayotgan qop-qora shoir.

Qaysi ma’shuqaning kumush tushidir
halitdan to‘kilgan qora sochlarim?
Yulduzlar o‘shadir, ufqlar o‘shadir –
alvon kafanlarim, qon og‘ochlarim.

Endi fasllarning nag‘masi yolg‘on,
tuslanmam, so‘nguncha zulmat piligi!
Loyimga qorilgan qop-qora yovg‘on,
qoraygan qumg‘onda pishgan iligim.

Haqning arkonidan quvilgan malak –
ayol ko‘kragidan toshgan azobman,
men – achchiq masallar to‘qigan malay,
qoyadan tashlangan o‘sha Ezopman.

Mung‘ayib qaytadi bukri qushlarim
ko‘lmakdagi oyning aksiga qarab.
Balki berayotir so‘yloq tishlarim
ichimdagi shayton turqidan darak?

Tepamda taqiq bor, tegramda ta’qib,
o‘qchib talpinaman, o‘pib suyaman!
Tong otar murdamni burchakka siqib,
shungami oriqman, qoqshol suyakman.

Sudrayman, qo‘ynimga qisilgan shamol,
uxlayman boshimga bulutni to‘shab.
Kitob orqalayman, yuragim – hammol,
ammo haydab borar o‘zimni eshak.

Yoki toshbaqaman, kosamdagi ruh
Gulxaniy dovotin qatliga tushgan
va yo osmon bilan tuzolmasdan sulh,
qafasda ezilgan yapaloqqushman.

Ismimni unutib, goho shoshilinch
jismim tugaguncha keladi yechgim.
Tiyra nigohimda oqargan ilinj,
qora ko‘zlarimga qarolmas hech kim.

Salom, farishtalar, oqlar, assalom!
Sizga nuqsim yuqmas, olmang xavotir!
Bu dunyo oppoqdir, men esa hamon
qop-qora shoirman, qop-qora shoir.

M. S.

@nomsiz_nomalar
1 view15:43
Ochish/sharhlash
2023-03-13 18:43:34 Muhammad Siddiqning o'zidan shu she'rini eshitganman ilk bor. Kulgu ko'tarilgandi o'shanda davrada. Kulgu-ku, ko'tarilgandiya, lekin hamma bilardi she'rning asil tuyumini. Xullas, shoir tug'ilgan kuni ekan, salomat bo'lsin. Adabiyot ko'p narsa umidvor bugunning yoshlaridan.

* * *
SHOIR

Xohlagan rangimga bo‘yayman kunni,
axir menam bitta telba musofir –
oppoq qog‘ozlarni qoralab, tunni
ichib ketayotgan qop-qora shoir.

Qaysi ma’shuqaning kumush tushidir
halitdan to‘kilgan qora sochlarim?
Yulduzlar o‘shadir, ufqlar o‘shadir –
alvon kafanlarim, qon og‘ochlarim.

Endi fasllarning nag‘masi yolg‘on,
tuslanmam, so‘nguncha zulmat piligi!
Loyimga qorilgan qop-qora yovg‘on,
qoraygan qumg‘onda pishgan iligim.

Haqning arkonidan quvilgan malak –
ayol ko‘kragidan toshgan azobman,
men – achchiq masallar to‘qigan malay,
qoyadan tashlangan o‘sha Ezopman.

Mung‘ayib qaytadi bukri qushlarim
ko‘lmakdagi oyning aksiga qarab.
Balki berayotir so‘yloq tishlarim
ichimdagi shayton turqidan darak?

Tepamda taqiq bor, tegramda ta’qib,
o‘qchib talpinaman, o‘pib suyaman!
Tong otar murdamni burchakka siqib,
shungami oriqman, qoqshol suyakman.

Sudrayman, qo‘ynimga qisilgan shamol,
uxlayman boshimga bulutni to‘shab.
Kitob orqalayman, yuragim – hammol,
ammo haydab borar o‘zimni eshak.

Yoki toshbaqaman, kosamdagi ruh
Gulxaniy dovotin qatliga tushgan
va yo osmon bilan tuzolmasdan sulh,
qafasda ezilgan yapaloqqushman.

Ismimni unutib, goho shoshilinch
jismim tugaguncha keladi yechgim.
Tiyra nigohimda oqargan ilinj,
qora ko‘zlarimga qarolmas hech kim.

Salom, farishtalar, oqlar, assalom!
Sizga nuqsim yuqmas, olmang xavotir!
Bu dunyo oppoqdir, men esa hamon
qop-qora shoirman, qop-qora shoir.

M. S.

@nomsiz_nomalar
1 view15:43
Ochish/sharhlash
2023-03-13 18:43:33 ...men seni koʻrganman faqat bir marta,
ikki karra baxtni, aytgin, netaman?
takror koʻrsang sen ham soʻz qotma, yuz bur,
men ham koʻrmagandek oʻtib ketaman...
1 view15:43
Ochish/sharhlash
2023-03-13 18:43:33
***
Na hakim, na hakam bo‘lar vaqt,
Xotiralar - shirin shukuhlar.
Unutilgan odam toabad
Unutganni tush ko‘rib uxlar.

Qadahso‘zlar aytmas: “Alvido”,
Majnun bo‘lib uzlatda yonmas.
Odamlardek yashaydi mudom,
Mudom odamlardek yasholmas.

Necha bahor o‘tar nozanin,
Qahrlanib o‘tar necha qish.
Baxt - sog‘inchdan yurak tozarib,
Olovda ham halovat topish.

Umr-ku yo‘l, qaytmas iziga,
Sochlarini qirovga bo‘yar.
Unutilgan odam qiziga
Unutganning ismini qo‘yar.

Nurmuhammad Aziz
1 view15:43
Ochish/sharhlash
2023-03-07 21:15:31
Gul!..
Sen bilan qolaman bu kecha -
Yoningda o'ltiraman
Bo'yingni hidlab.

"Mangu yashayman" desang,
Yig'layman
Senga eshittirmay.

Seni suygan odam
Seni uzib ketgunicha
To'ymay boqaman senga.

Ammo u odamga uqtir:
Seni derazaga qo'ymasin.

Ayt,
"Qabrning derazasi bo'lmaydi",
Deb ayt.

Usmon Azim

https://telegram.me/usmon_azim
3 views18:15
Ochish/sharhlash
2023-03-07 21:11:33
Ozodligi qoʻlidan ketgan goʻdakni “ulgʻaygan” deydilar.

Lev Tolstoy
3 views18:11
Ochish/sharhlash
2023-03-07 21:11:33 Bilsang, ogʻriq ketganning emas, qolganning hikoyasidir. Va hikoyalar qolganlarga oiddir...

Stefan Sveyg
3 views18:11
Ochish/sharhlash
2023-03-05 21:08:01 bu qalb Oy kabi. avval mavjudligi yolgʻon, soʻngra, asta-asta toʻlisha boradi. bir kun toʻlin boʻlgach, sen unda dogʻlarni topasan. keyin “Oy” yana ingichkalab boradi. ingichkalay-ingichkalay oxir koʻzingdan yoʻqoladi.
bilki, senga koʻrinmasligi uning yoʻqolishidan emas, sening turganing Yer aylanishidandir.
koʻngilning Oydan bir farqi bor – yoʻqolsa, qayta toʻlmaydi...

5.3.22
2 views18:08
Ochish/sharhlash
2023-03-04 06:30:48
ОЙ, НУРЛАРИНГНИ ЙИҒИШТИРИБ ОЛ,
Қора пардангни ташла юзингга, тун,
Мен ёрим-ла видолашгани келдим.

1970

Рауф ПАРФИ
3 views03:30
Ochish/sharhlash