Get Mystery Box with random crypto!

Xotira boʻlib qolsam kerak)

Telegram kanalining logotibi dalli_devona — Xotira boʻlib qolsam kerak) X
Telegram kanalining logotibi dalli_devona — Xotira boʻlib qolsam kerak)
Kanal manzili: @dalli_devona
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-04-19 13:20:57 kel, yashaylik biz birga
bizning ertagimizda...
2 views10:20
Ochish/sharhlash
2023-04-19 13:20:57 #tarjimasiz

Özlemek ölmekden sadece iki harf fazla.

Cemal Süreya
3 views10:20
Ochish/sharhlash
2023-04-18 16:08:42
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yoʻq, kun yoʻqdir, jonim...
3 views13:08
Ochish/sharhlash
2023-04-17 10:31:40 — Men bilan umr oʻtkazmoq mumkinmi? — dedim.
— Sen bilan oʻtkazmakka umr yetadimi? — dedi.
Bas, bu menga bir umr yetardi...

Oʻzdemir Asaf
1 view07:31
Ochish/sharhlash
2023-04-16 06:57:30 Seni koʻrmoq otli bir dardim bor. Koʻrsam sevgidan oʻlaman, koʻrmasam — qaygʻungdan...

Jahit Zarifoʻgʻlu
2 views03:57
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:01:00 * * *
Ha — oson.
Yoʻq— qiyin.
Umr esa bitta.

“Ha” — yolgʻon.
“Yoʻq”— vijdon.
Umr esa bitta.

“Ha”— faqat oʻpkang qoladi koʻksingda.
“Yoʻq”— faqat yuraging.

U “yoʻq” dedi.
Chunki
Aniq bilardi
Umri bitta ekanligini.


Usmon Azim

@moons_bblog
5 views08:01
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:00:22 Ben bir ayyaşım
Sekiz çizer ayaklarım
Özlemişim sarhoşluğunu bu semtin sokaklarının
Gecenin biri, aptalın biri
Kalbinin dışında bekliyor içeri girmeyi
5 views08:00
Ochish/sharhlash
2023-04-14 21:22:22 Sen oʻzgaga ishqdan maktub bitar chogʻda
Men ahmoqning orzusiga oʻt tushmabdi
Sen baytlarda uni yodlar etar chogʻda
Armonimga tamal toshlar qoʻygan oʻzim
Sevmaygina oqib ketsin bebaxt koʻzim
4 views18:22
Ochish/sharhlash
2023-04-13 18:57:32 *
Ey, o‘zini ishga bergan,
Hasratga bergan,
Turmushga bergan,
Faqat sog‘inching qoldi menga,
O‘zingdan chiroyli sog‘inching.

Senga qaray desam,
Ko‘z ololmayman sog‘inchingdan,
Izlab boray desam,
Qo‘ymaydi sog‘inching...

Usmon Azim
1 view15:57
Ochish/sharhlash
2023-04-13 18:57:32
bir kuni soyamni koʻtarib
ketaman osmonning ustiga.
siz esa, hasaddan qizarib,
aylanib qolasiz doʻstimga.

va falak hukmini ilkimga
olarman va deyman: "shoʻrliklar.
orzusi hattoki koʻkdan past.
qalaysiz mensiz ham, yerliklar?!"

bulutning kiftida oʻltirib
oʻlurman bir yengil, ham hafif.
ruhimni yuvadi gʻassol — may,
soʻng aza ochadi andalib.

oʻrarlar — kafanim — tartanak,
koʻtarib boradi malaklar.
ergashar izdihom ortidan
oyogʻim tegmagan yuraklar.

qabrga qoʻyadi egilib
aligi qaytmagan salomim.
yotarman qiblaga yuz burib,
pichirlab:
“qaytdim men, Xudoyim.”

Azroil tegmagan jonimga
har kuni yuz bora tekkanlar
kun bakun tashnalab qonimga,
ustimda qayragʻoch ekkaylar.

janozam oʻqiydi yer oʻpib
imomim — imonim, oʻlmagan.
men kulib koʻrurman barini,
bundan zoʻr tomosha boʻlmagay.

jasadim — tuproqda, ruh — koʻkda,
buzilar dunyoviy birliklar.
va mening ortimdan, birlikda,
siz ham yer oʻpursiz, yerliklar...

K. A.
1 view15:57
Ochish/sharhlash