Get Mystery Box with random crypto!

Uzb Dasturchilar | CybersUz

Telegram kanalining logotibi cybersuz — Uzb Dasturchilar | CybersUz U
Telegram kanalining logotibi cybersuz — Uzb Dasturchilar | CybersUz
Kanal manzili: @cybersuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.80K
Kanalning ta’rifi

Axborot Texnologiyalari, Dasturlash, Kiberxavfsizlik
Shaxsiy IT-Blogga xush kelibsiz!
》instagram.com/uzcybers
》youtube.com/UzMastersTV
Admin: @UDGuz
Kanaldan ma'lumot olayotganda manba ko'rsatilishi shart!
©UDG & CybersUz™ 2017-2023

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-01-28 07:56:11
Президент халқаро танловда ғолиб бўлган бухоролик ёш дастурчиларнинг ҳар бирига 3 минг АҚШ доллари миқдорида мукофот берилишини айтди.


@xushnudbek
2.1K views04:56
Ochish/sharhlash
2021-01-26 21:17:39 Kompyuter IP va MAC manzilini aniqlash

Ushbu maqola yordamida kompyuterda IP va MAC manzilni aniqlashni ko‘rsatib o‘tganmiz.
Umid qilamizki siz uchun foydali bo‘ladi.
Obunachilarimiz uchun maxsus tayyorlandi!
Faoliyatimiz davomida bundanda foydali va qiziqarli maqola va qo'llanmalarni tayyorlab, yetkazishga harakat qilamiz.
Hammaga omad, biz bilan birga bo'ling :)
"PDF" faylni ochish uchun pastki havola orqali kerakli dasturni yuklab olishingiz mumkin.

@CybersUz
2.1K viewsedited  18:17
Ochish/sharhlash
2021-01-21 00:17:53
"Mangu Sarkarda" o'yinining demo versiyasi bilan tanishing!

O‘yin orqali sarkarda Amir Temur davri va saltanati bilan tanishasiz, o‘sha paytdagi yashash tarziga tushib qolgandek bo‘lasiz hamda turli sarguzashtlarni boshdan kechirasiz.
Qiziqarli, ajoyib grafikaga ega, topshiriqlarga boy.

Ushbu o'yin demo versiyada bo'lgani uchun ma'lum bir kichik xatoliklar bo'lishi mumkin.
O‘yin hali to'liq tugallanmagan. Qolaversa o‘yin mutlaqo bepul bo'lib, keyinchalik ham sotilmaydi.
Barchasi bepul.

O‘yinni pastdagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Eslatma: ManguSarkarda.part1.rar hamda ManguSarkarda.part2.rar fayllarini bitta papkaga chiqarib oling va papka ichidagi Mangu_Sarkarda.exe fayli orqali o'rnating.

P.S: Tez orada YouTube kanalimizga shu haqda video tayyorlash niyatimiz bor.
Unda o'yinni qanday yuklash va o'rnatish, o'yin haqidagi ma‘lumot va taassurotlar bilan birga o'rtoqlashamiz.

Kanal: @CybersUz
2.8K views21:17
Ochish/sharhlash
2021-01-20 23:39:59
Mangu Sarkarda - Birinchi tarixiy o'zbekcha video o'yin!

Sizning eʼtiboringizga “Mangu Sarkarda” oʻyini treylerini taqdim etamiz.

Oʻzbekistonda ilk bor AAA oʻlchamda yaratilgan oʻyinning hozirgi vaqtda demo versiyasi ishlab chiqildi.
Shu davrga qadar oʻyin yaratilishi uchun 29 dan ortiq mutaxassislar 1 yil davomida mehnat qilishdi!

Ma'lumot uchun, Belorusiyada “Mangu Sarkarda” kabi oʻyinning yaratilishi uchun 300 000$ dan ziyod mablag’ va 150 dan ortiq dasturchi zarur bo'ladi.

Manba: #mangusarkarda
Kanal: @CybersUz
2.5K views20:39
Ochish/sharhlash
2021-01-20 13:26:33 15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshifkasi keladi

Shu va boshqa foydali maqola va yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

Maqolani o'qish
2.0K views10:26
Ochish/sharhlash
2021-01-20 12:41:53 Ogoh bo'ling: Windows 10 tizimli kompyuter va noutbuklarni ishdan chiqaruvchi havola tarqaldi!

Shu va boshqa foydali maqola va yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

Maqolani o‘qish
2.3K views09:41
Ochish/sharhlash
2021-01-16 14:51:38
Feyk saytlarga ishonmang!

Hozirgi paytda turli Telegram guruhlarida shu kabi xabarlar tarqalayotganini ko'rgan bo'lsangiz kerak.
Bunaqangi feyk saytlarga ishonmang!
Maqsad pul ishlash yoki ip address, telefon raqamingizni bilib umumiy baza qilib tarqatish.
Hech qanday harakat qilmay turib iPhone 11 Pro Max yutib olish xomxayol ekanini hozirgi paytda yosh bolalar ham bilishadi :)
Aytishadi-ku tekin o‘lja faqat qopqonda bo'ladi deb ;)

Shu va boshqa foydali maqola va yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

@CybersUz
2.6K viewsedited  11:51
Ochish/sharhlash
2021-01-15 12:56:34 «Самосуд»ни видеога олиб интернетда тарқатган шахс 22 миллион сўмдан ортиқ жаримага тортилади

Азизбек Долихўжаев, ИИВ тергов департаменти бўлим бошлиғи:


«Самосуд»жараёнини видеотасвирга олиб, ижтимоий тармоқларга жойлаштираётган бўлса, Жиноят кодексининг 130-моддаси, яъни зўравонлик ва ёки шафқатсизликни тарғиб қилувчи маълумотларни тайёрлаш, уни тарқатиш ёки жойлаштирганлик учун авваломбор маъмурий жавобгарлик назарда тутилган.

Бунда жисмоний шахсларга 100 бараваргача миқдорда, яъни 22 миллион сўмдан зиёд жарима жазоси қўлланиши, унинг ҳаракатлари жиноятни келтириб чиқарадиган бўлса, 3 йилгача ахлоқни тузатиш ишлари жазоси назарда тутилган.


«Самосуд»га аралашган одам қандай жазога тортилади?

Биринчидан, шахснинг ҳаракатлари «самосуд» қилинган жабрланувчининг шунга қаратилган хатти-ҳаракатдан келиб чиқади. Яъни уни тутқунликда ушлаш, жабрланувчига қай даражада жароҳат етказганидан келиб чиқиб жазо белгиланади.

Ёки жамиятда юриш-туриш қоидаларини менсимаслик оқибатида содир этган қилмиши учун тегишли моддалар билан жавобгарлик назарда тутилган».

АОКАдаги матбуот анжуманидан

@aoka_uz
2.2K views09:56
Ochish/sharhlash
2021-01-14 07:33:57
Bugun 14-yanvar Vatan himoyachilari bayrami munosabati bilan barcha yigitlarni va yurtimiz tayanchi hisoblangan sarhadlarimizni chin dildan tabriklaymiz.
Nafaqat yigitlar, balki harbiy xotin-qizlarni ham muborakbod etamiz.
Doim sog‘-omon bo‘ling, hamisha omad va zafarlar yor bo‘lsin deya @CybersUz kanali jamoasi
2.6K views04:33
Ochish/sharhlash
2021-01-13 21:15:24
Диққат, фейк!

Негадир 2 кундун буён гуруҳларда текин телефон ютиб олиш ҳақидаги эълонлар кўп тарқалмоқда. Ҳамма бир-бирига алламбало линкларни юборяпти.

Лекин буларнинг ҳаммаси ёлғон. Бунинг ёлғонлигини сайт манзилларининг ишончсиз ва шубҳали эканлигидан ҳам сезиш мумкин. ahdgdhjdhdvbxjehdb.js деган сайтдан нимани ҳам кутса бўлади?

Бундай ишончсиз сайтларга кириб, компьютер ёки телефонингизга вирус юқтириб олишингиз, агар жуда ишониб кетсангиз фирибгарларга алданиб пул йўқотишингиз мумкин.

Илтимос, бунақа нарсаларга ишонманг, содда бўлманг ва бошқаларга ҳам тарқатманг.


@xushnudbek
1.9K views18:15
Ochish/sharhlash