Get Mystery Box with random crypto!

'Mangu Sarkarda' o'yinining demo versiyasi bilan tanishing! O | Uzb Dasturchilar | CybersUz

"Mangu Sarkarda" o'yinining demo versiyasi bilan tanishing!

O‘yin orqali sarkarda Amir Temur davri va saltanati bilan tanishasiz, o‘sha paytdagi yashash tarziga tushib qolgandek bo‘lasiz hamda turli sarguzashtlarni boshdan kechirasiz.
Qiziqarli, ajoyib grafikaga ega, topshiriqlarga boy.

Ushbu o'yin demo versiyada bo'lgani uchun ma'lum bir kichik xatoliklar bo'lishi mumkin.
O‘yin hali to'liq tugallanmagan. Qolaversa o‘yin mutlaqo bepul bo'lib, keyinchalik ham sotilmaydi.
Barchasi bepul.

O‘yinni pastdagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Eslatma: ManguSarkarda.part1.rar hamda ManguSarkarda.part2.rar fayllarini bitta papkaga chiqarib oling va papka ichidagi Mangu_Sarkarda.exe fayli orqali o'rnating.

P.S: Tez orada YouTube kanalimizga shu haqda video tayyorlash niyatimiz bor.
Unda o'yinni qanday yuklash va o'rnatish, o'yin haqidagi ma‘lumot va taassurotlar bilan birga o'rtoqlashamiz.

Kanal: @CybersUz