Get Mystery Box with random crypto!

Ijodkor Tone of voicelar brendning mijozga nisbatan pozitsiya | Kopirayting 3.0

Ijodkor

Tone of voicelar brendning mijozga nisbatan pozitsiyasini belgilab beradi. Bugun "Ijodkor" pozitsiyasini ko‘rib chiqamiz.

Ushbu pozitsiyadagi brendlar ijodkor, har tomonlama ochiq, tajribalardan qo‘rqmaydi. Ularning asosiy qadriyatlari - yangilik va jasorat. Brendlarda ularni daho, innovatsiyalar, qaysidir ma'noda hayratga soladigan tasvirlar jalb qiladi.

Ularning iste'molchilari ijodkorlikni ayniqsa qadrlashadi: nostandart yechimlar, mahsulot yordamida o‘zlarining individualligini ochib berish yoki ta'kidlash ular uchun asosiy trend.

"Ijodkor" pozitsiyasidagi brendlar maqsadli auditoriyaning ijodiy faoliyatga bo‘lgan ehtiyojini hisobga oladi, tasavvurni shaklga aylantirishga yordam beradi, yakuniy mahsulotni yaratishda iste'molchining ishtirokini taklif qiladi.

Bunday brendlarga misollar:
Lego: noyob shakllarni loyihalash, ijodkorlikni rivojlantirish;

Pandora: o‘zingizning noyob zargarlik buyumlaringizni yaratish;

Adidas: Lego bilan hamkorlik, qo‘shimcha dizayn detallariga ega krossovkalar;

IKEA: noodatiy mebel dizayni.

@copirayt — sizning kopirayter do‘stingiz