Get Mystery Box with random crypto!

Kopirayter narxni qanday belgilashi kerak? Ko‘pchilik kopiray | Kopirayting 3.0

Kopirayter narxni qanday belgilashi kerak?

Ko‘pchilik kopirayterlar (dizayner, SMM menejeri, kreativ beruvchilar) mijozga narx aytishda qiynalishadi. Xo‘sh, narx qanday belgilanadi?

Vaqtni narxlash
Ya'ni siz hozirgi malaka, bilim, tajribaga erishguncha qancha vaqt, mablag‘, energiya sarflagansiz? Bitta matn yozish uchun 1 soat vaqt sarflasangiz, o‘sha vaqtingiz necha pul turadi? Shu savollarga o‘zingiz uchun xolis javob berasiz va mijozga narxni aytasiz.

Masalan: kuniga 6 soatdan 25 kun ishlasangiz va 5 mln so‘m topasiz. 1 soat vaqtingiz: 5 mln/(6x25)=33 300 so‘m.
Demak, 1 soat vaqtingiz 33 300 so‘m

Yechimni narxlash
Bu usulda siz berayotgan matn (dizayn, g‘oya va hokazo) qanday muammoni hal qiladi? U 3 millionlik muammoni yechadimi yoki 100 mlnlik?

Masalan: Mijozga Tone of voice kerak.
O‘quv markazi uchun bu 10-20 $ bo‘lishi mumkin. Lekin Artel yoki Pepsi uchun bu ancha qimmatga aylanadi. Chunki ikkinchi holatda siz kattaroq ko‘lamdagi muammoga yechim berasiz.

*qaytganimdan o‘zim ham xursandman

@copirayt — sizning kopirayter do‘stingiz