Get Mystery Box with random crypto!

Bolaligim. Tongda derazamdan mo'ralab quyosh, Uyqu to'la, g'a | yoza olganlarim

Bolaligim.

Tongda derazamdan mo'ralab quyosh,
Uyqu to'la, g'amgin ko'zimni ochdi.
Esimga tushgandi bolalik-bebosh,
Bir zumda ongimdan hayollar qochdi.

Quvnoq bolaligim, kulgumda edi,
Qiyqirib ko'chada ko'p chopar edik.
Tasavvurim rostdek, o'ngimda edi,
Birimiz yashinib, bir topar edik.

Beg'ubor damlarim, beg'am kunlarim,
Sog'indim barini, qaytmaydi o'tmish.
Katta hayot tomon, bedor tunlarim,
Almashtirgim kelar, kerakmas tashvish.

Onamning kulchasin isi yodimda,
Yugurib kelardim, issiq tandirga.
Qani o'sha kunlar hozir yonimda?
Sokin rangsiz hayot, ko'nib taqdirga.

Bolaligim, seni sog'indim yomon,
Qaytargin sho'x-shodon kulgularimni,
Borgim kelaverar yana sen tomon,
Yo'qotgim keladi qayg'ularimni...

@realseva