Get Mystery Box with random crypto!

UzAuto Motors - (bu yerda bitta chiroyli ta’rif keltirish kera | CHIKO UZ

UzAuto Motors - (bu yerda bitta chiroyli ta’rif keltirish kerak edi miyyaga hech nima kelmadi. Izohlarda sizlardan kutamiz.)

Keling bugun hamma yozgan siyqasi chiqqan gaplarni yozmasdan bir hisoblab ko’raylik. UzAuto Motorsning rasmiy saytining malumotiga ko’ra ishlab chiqarish quvvati yiliga 330 ming donani tashkil etadi va yana shungayam shuncha navbatlar kutishlar. Bundan kelib chiqadiki O’zbekistonda yiliga kamida 500 ming yangi avtomobilga talab bor. Bojxona bajlari, Qqs soliqlari, utilizatsiya va hokazolar bilan,avtomobilning quvvati ishlab chiqarilgan yili va narxiga qarab jami hamma soliqlari birgalikda 15 foiz belgilansa, o’rtacha xalq 10 ming aqsh dollorga avtomobil xarid qilsa, (500000 * 10000 * 15) : 100%= 750 mln aqsh dollor jami bojxona bojlari soliqlardan davlatga tushum bo’ladi. UzAuto Motorsning rasmiy saytining malumotiga ko’ra 1-mart holatida 11624 nafardan ortiq xodim ishlaydi. Shu jumaladan 100 dan sub yetkazib beruvchilarni qo’shib hisoblasak, keling aytaylik jami 50 ming (shaxsiy fikrim taxminiy) fuqoro avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha ish bilan taminlayapti. Kun.uz saytining bergan malumotiga tayanadigan bo’lsak O’bekistonda 30-yanvardagi o’tacha ish haqi 3892000 so’mni (338.4$) tashkil etgan. Endi (50000* 338.4) * 12oy = 203.04 million aqsh dollori yiliga bo’ladi. Davlatning o’zi keltirib berish xizmatini yo’lga qo’yib,(albatta qo’shimcha haq evaziga xohlagan odam o’zi olib kirsa ham bo’ladi) shu 50 ming fuqoroni (bu 50 ming fuqoro keltirib berish xizmatiga juda ko’plik qiladi. Boshqa bir foydali ishlarni ham yo’lga qo’yiladi albatta) ish bilan taminlasa, davlatga 750 mln dollor qoladi. Uz Auto Motors davlatga 750 mln aqsh dollori soliq ( 75 ming dona Nexia 3 avtomobilining narxi) to’lamasa kerak deb o’ylayman yana bilmadim. To’lagan taqdirda ham yana o’ziga kamida shuncha foyda qolmasa hech qaysi tadbirkor ishlamaydi. Nima demoqchiman xalq o’zi istagan avtomobilni navbatlarsiz yana oldindan to’lov qilmasdan sifatli avtomobillarni ham bir mazza qilib haydasin.

Dardimiz bir, maqsadimiz yaxshilik qilish


@Chiko_Uz