Get Mystery Box with random crypto!

Yoki yana bir ideal varianti bo’lib, bandlik markaziga yoki | CHIKO UZ

Yoki yana bir ideal varianti bo’lib, bandlik markaziga yoki har qayerga yugurib hech kimga kerak emas bo’sh vakansiya topib o’sha joyga ishga joylashib bir yil bo’lmasdan jonizga tegib tashlab ketasiz yoki sabr toqat bilan mehnatkashlik bilan ishlab sal yaxshiroq ishga o’tib olasiz. Shu bir parcha diplom deb yozilgan qog’oz bo’lmasa hech qayerga ishga joylashib ham bo’lmaydi. O’zim bilan birga bitirgan kursdoshlarimni 80 foizi diplomni sandiqchaga tashlab qo’ygan. Xullas qisqa qilib aytsam O’zbekiston rivojlanishi uchun yaxshi kadrlar kerak. Yaxshi kadrlar chiqarish uchun zo’r ustoz murabbiylar kerak. Ham moddiy ham ma'naviy jihatdan yordamlashib ularni bilim va saviyasini oshirish kerak. Hattoki O’zbekiston terma jamosi futbolda jahon chempionatiga chiqmaganligi sababi ham yaxshi murabbiylar yetishmasligidan deb bilaman. Yevropada talabalarga yangi innovatsion texnalogiyalarni o’rgatishadi. Bizdachi haliyam Hemis programmasiga qanday kirishni o’rgatishadi .

@Chiko_uz