Get Mystery Box with random crypto!

#hayot_tarzi KOREYADA FARZAND TUG'ILGANLIGI HAQIDA GUVOHNOMA O | Chetel.uz | Rasmiy kanal

#hayot_tarzi
KOREYADA FARZAND TUG'ILGANLIGI HAQIDA GUVOHNOMA OLISH

Koreyada tug’ilgan farzand uchun guvohnoma O’zbekistonning Koreyadagi Elchixonasi tomonidan beriladi. Tug’ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun Elchixonaga quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi zarur:
Ota-onaning pasportlari (qizil va yashil);
Ota-onaning nikoh qayd qilinganlik haqidagi guvohnomasi;
Tug’ilganlikni qayd etish arizasi (Elchixonadan olsangiz bo’ladi);
Farzand tug’ilgan kasalxonadan berilgan ma’lumotnoma (출생증명서). Bu ma’lumotnoma koreys tilida asl nusxada hamda o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda topshiriladi;
Konsullik boji: 25,000 won. To’lov uchun chek Elchixona tomonidan beriladi va Elchixona yaqinidagi Pochta ofisi (우체국)dan to’lovni amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, Interaktiv Konsullik Xizmatlari saytida «Tug‘ilganlikni qayd etish arizasi»ni to’ldirishingiz zarur.

BATAFSIL O'QISH

Murojaat uchun: @cheteluz_bot

@cheteluz

Instagram • Telegram • Website