Get Mystery Box with random crypto!

#talim TOPIK DARAJASI BILAN 'KIIP' DASTURIGA REGISTRATSIYA QIL | Chetel.uz | Rasmiy kanal

#talim
TOPIK DARAJASI BILAN "KIIP" DASTURIGA REGISTRATSIYA QILISH

Immigratsiya va viza bilan bog’liq masalalarda KIIP sertifikati katta imtiyozlar beradi. Koreyada uzoq muddat yashashni istagan chet elliklarga KIIP sertifikatini olish tavsiya qilinadi. TOPIK darajasi bilan KIIP (Korea Immigration and Integration Program – 사회통합프로그램) dasturiga registratsiya qilish mumkin.

TOPIK darajasi quyidagi KIIP bosqichlariga moslanadi:
TOPIK 1급 KIIP 2단계 (bosqich)
TOPIK 2급 KIIP 3단계
TOPIK 3급 KIIP 4단계
TOPIK 4-6급 KIIP 5단계

TOPIKni KIIPga bog’lash jarayoni esa quyidagicha:
1. KIIP (www.socinet.go.kr) saytiga a’zolikka registratsiya (회원가입) qilinadi.
2. Ariza (연계신청서) na'munasi to’ldiriladi.
3. ID karta, TOPIK sertifikati va ariza Immigratsiya ofisiga olib boriladi yoki emaildan yuboriladi.
4. Immigratsiya ofisi mos bosqichga registratsiya qilib beradi.
5. KIIP semestri boshlanganda dars (과정신청) tanlanadi.

BATAFSIL O'QISH

Murojaat uchun: @cheteluz_bot

@cheteluz

Instagram • Telegram • Website