Get Mystery Box with random crypto!

Chetda Ta'lim

Telegram kanalining logotibi chetdatalim — Chetda Ta'lim C
Telegram kanalining logotibi chetdatalim — Chetda Ta'lim
Kanal manzili: @chetdatalim
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.48K
Kanalning ta’rifi

Talaba bo‘lish — u bu katta baxt. Chet elda o‘qish esa har bir talabaning orzusidir ✨
Dunyoning eng yaxshi, nufuzli universitetlarida o’qish siz o’ylaganchalik qiyin emas. Bizni kuzating 😊

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-27 09:45:30
https://www.ox.ac.uk/admissions/undergraduate/colleges/a-z-of-colleges


Bu link orqali esa Oksford universiteti qanday kollej (Oliygoh)lardan tashkil topgan ligi haqida bilib olasiz.
5.8K views06:45
Ochish/sharhlash
2022-05-27 09:42:06
https://www.ox.ac.uk/admissions/undergraduate/courses/undergraduate-course-search


Ushbu link orqali siz Oksfordda qanday yo'nalishlar bor, hamda necha yil o'qilishi kerakligi haqida ma'lumotga ega bo'lasizlar.
5.5K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-05-27 09:20:34 Salom kelajak egalari


Bugun siz bilan Oksford universitetiga kirishning 1-bosqichi haqida gaplashamiz.

Oksford universitetida o'qish uchun soha yokida yo'nalishni tanlash.


Birinchi eng avval qilinadigan ish bu soha, yo'nalish tanlashdir. Buni siz universitetga kirishdan 3 yil oldin qilishingiz kerak. Masalan tibbiyot, huquqshunoslik, til yo'nalishlari, psixologiya, arxitektura va boshqalar. Sababi aynan yo'nalishga qarab siz universitetga tayyorlov kurslarida A-Level, IB, Cambridge Pre-U( Keyingi bosqichda ma'lumot beriladi) larda fanlarni o'qiysiz hamda ulardan imtihon topshirasiz. Aynan shu imtihon natijalari universitetga kirish uchun juda muhim sanaladi.

Ko'pchilik Oksford universitetini bizni universitetlarga o'xshab bir o'quv dargohdan iborat deb o'ylashadi. Unday emas. Oksford universitetini bir davlatga o'xshatsak bo'ladi. Sababi Oksford universiteti o'zini ichiga 39ta kollejni(Oliygoh) qamrab olgan. Masalan Oriel College, Trinity College, Keble College va boshqalar. Qaysi kollejni tanlasam ekan deb ko'p ham o'ylash shart emas. Siz ariza topshirayotgan payt "ochiq ariza" ko'rinishida hujjat topshirishingiz mumkin. Universitetning o'zi sizga mos kollej tanlab beradi. Muhimdi yo'nalishni aniqligi. Masalan siz huquqshunoslik yo'nalishini tanladingiz. Ushbu yo'nalish ma'lum bir bo'linmaga tegishli bo'ladi. Bo'linma esa kollejga. Sizni dars-ma'ruzalaringiz aynan tegishli kollej binosida bo'lib o'tadi. Yana bir muhim jihat, yuqorida aytilgan 39ta kollejni birini bitirsangiz sizga Oksford universitetining diplomi beriladi.


Ba'zi talabalar kollejni tanlashadi. Sizga ham lokatsiya, aynan qaysidir kollej muhiti, yokida qaysidir kolledagi sharoitlar yoqgan bo'lsa ma'lum bir kollejni tanlashingiz mumkin. Lekin siz tanlagan soha usha kollejda bo'lishi kerak.

Yuqorida aytib o'tganimzdagidek bu ishni siz 3 yil oldin amalga oshirishingiz kerak. Sababi bosqichlarning hammasi bir biriga bog'liq. Masalan siz huquqshunoslikga qiziqasiz va shu yo'nalishni tanladingiz. Siz endi tayyorlov kurslariga kirishingiz kerak. Bular A-LEVEL, IB, Cambridge Pre-U. Bu tayyorlov kurslarida o'qish muddati 2 yil. Qolgan 1, 1 yarim yilda siz universitetga hujjat tayyorlashga sarflaysiz. Ya'ni tayyorlov kurslarida o'qish jarayonida siz hujjat yig'ishni boshlashingiz kerak.


Tayyorlov kurslari haqida esa keyingi 2-bosqichda gaplashamiz...
4.3K views06:20
Ochish/sharhlash
2022-05-27 09:18:44
Oksford universiteti


Ushbu universitet juda qadimiy hisoblanib 1096-yilda asos solingan. Oliygoh Angliyaning "Russell Group" tarkibiga kiruvchi elit universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet Times Higher Education versiyasiga ko'ra birinchi, QS universitetlari dunyo reytingida esa 4-o'rinda turadi.


Ushbu unversitetda Buyuk Britaniyaning 26 ta premier ministrlari hamda 26 ta Nobel mukofoti lauriyatlari tahsil olishgan. Oksfordning qasyi fakulteti bo'lishidan qat'iy nazar, ushbu oliygoh talabalari juda qadrlanadi hamda ish beruvchilar orasida yuqori obro'ga egadirlar.
4.3K views06:18
Ochish/sharhlash
2022-05-26 02:35:24
Hayrli tong kelajak egalari


- Uyg'oqlar bormi ? Siz uxlayotgan bir payt, Garvard universitetida hayot qizigan. Talabalar universitet kutubxonasida tinmay izlanishmoqda.


Garvard talabalari orasida o'tkazilgan so'rovga asosan ular kuniga o'rtacha 8 soat dars bilan shug'ullanishadi. Ammo yo'nalish yokida imtihon kunlariga qarab o'zgarishi mumkin. Masalan imtihon oldi, yokida tayyorlov paytlari talabalar faqatgina ovqatlanish uchun xonadan tashqariga chiqishadi, boshqa payt esa o'qishadi.
7.2K views23:35
Ochish/sharhlash
2022-05-25 12:14:07 Bismillah deb boshladik...


Oksford universitetiga kirish uchun bo'lgan yo'l:

Kirish: Oksford universiteti haqida

1-bosqich: Oksford universitetida o'qish uchun soha yokida dasturni tanlash. (Huquqshunoslik, Tibbiyot, Arxitektura va hokazo)

2-bosqich: Universitet uchun tayyorlov kursini tanlash. (A-Level, IB, Cambridge Pre-U)

3-bosqich: Hujjatlarni tayyorlash (Motivatsion insho, tavsiyanoma)

4-bosqich: Kirish imtixonlariga ro'yhatdan o'tish

5-bosqich: UCAS platformasi orqali Universitetga kirishga ariza topshirish

6-bosqich: Kirish imtixonlaridan o'tish

7-bosqich: Esse yokida portfolio topshirish (Ba'zi yo'nalishlarda so'raladi)

8-bosqich: Suhbatdan o'tish (Universitet pedagogi tomonidan o'tkaziladi)

9-bosqich: Qabul komissiyasi qaror qilishi (Siz tomondan topshirilgan har bir hujjat, imtixon natijalari o'rganilib chiqiladi)

10-bosqich: Bitiruv imtixonlarini topshirish (Bu yerda universitetga tayyorlav kursi imtixoni haqida gap ketyabti)

11-bosqich: Bitiruv imtixonlari natijalarini e'lon qilinishi (Ushbu imtixon natijalari universitet talab qilgan darajada bo'lishi kerak)

12-bosqich: Talaba bo'lish, o'qish boshlanishi


Ushbu bosqichlarni har bir haqida atroflicha, ketma-ketlikda ma'lumot berib o'tamiz
7.0K viewsedited  09:14
Ochish/sharhlash
2022-05-25 12:07:12 Eng oldi oliygohlardan hisoblangan Angliyaning Oksford universitetiga kirish, unda o'qish onson emas. Chuqur bilimdan tashqari, alohida tayyorgarlik kerak. Ya'ni ma'lum bir vaqt davomida kirish jarayonlaridan o'tish kerak.


Ushbu jarayonlarni biz shartli ravishda 12ta bosqichga bo'ldik. Har bir kichkina detallarigacha e'tibor berib, mavzuni to'liq qamrab olish maqsadida. Ushbu ma'lumotlarni o'qib chiqib, siz anchagina sifatli hamda kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lasiz.


Hamma ma'lumotlar birdaniga berilmaydi. Bosqichma bosqich berib boriladi. Sizga onson hamda chunarli bo'lishi uchun.
5.5K views09:07
Ochish/sharhlash
2022-05-25 12:06:24
Salom kelajak egalari


Avval aytib o'tgan edik. Izohlarda eng ko'p Oksford universiteti so'raldi deb. Boshqa Angliyaning universitetlarini so'raganlar diqqatiga: Ularda kirish hamda talab qilinadigan hujjatlar ham deyarli bir xil ko'rinishda bo'ladi. Shuning uchun sizga beradigan ma'lumotlariz, Angliyaning boshqa universitetlariga kirish niyatida yurganlarga ham juda foydali bo'ladi.


Undan tashqari umuman chetda ta'lim olmoqchi bo'lganlar uchun ham juda kerakli. Sababi xorijda umuman tizim boshqa, jarayonlar boshqa. Bizni kuzatib borish orqali ularni bilib borasiz.

Ha aytgancha ko'proq insonlarga ulashishni unutmang. Sababi aynan xorijda o'qish bo'yicha ma'lumotlar juda kam. O'zbek tilida esa deyarli yo'q, bo'lsa ham pul to'lab konsultatsiya olishingiz kerak. Shularni hisobga olgan holda ushbu kanalni maksimal darajada manfaatli qilib, yurgazishga qarar qildik.
5.5K views09:06
Ochish/sharhlash
2022-05-23 14:00:06
Salom kelajak egalari


- Izohlarda Angliyaning Oksford universiteti eng ko'p so'ralgan universitet bo'ldi. Shu munosabat bilan, tez orada ushbu universitet haqida ma'lumot beramiz.

O'qishga kirish bosqichlari, kerakli hujjatlar, imtihonlar, grantlar. O'qish sharoitlari hamda narxlari va hokazo.


Bizni kuzatishda davom eting
6.1K views11:00
Ochish/sharhlash