Get Mystery Box with random crypto!

A-Level kursiga o'xshash bo'lgan International Baccalaureate ( | Chetda Ta'lim

A-Level kursiga o'xshash bo'lgan International Baccalaureate (IB) tayyorlov kursi ham bor.


IB Shvetsariyada ishlab chiqilgan bo'lib, xalqaro ta'lim beriladigan kurs hisoblanadi. Bu kurs diplomi ham ko'plab universitetlar tomonidan qabul qilinadi. Ushbu kursning A-Leveldan farqi bu kursda ko'proq fanlar kengroq o'rgatiladi. Bunda siz 6ta fanni o'qib, o'rganib imtixon topshirasiz. Undan tashqari sizda kurs oxirida diplom ishi bo'lib o'tadi.


Endi savol tug'iladi. Qaysi birini tanlash kerak. Ikki kursni tamomlab ham siz xohlagan top universitetlaringizga topshirishingiz mumkin. Ikkala kursda ham ta'lim xalqaro darajada juda sifatli beriladi.


Eng to'gri qaror bu o'quvchiga qaraladi. Masalan o'quvchi hamma fandan juda yaxshi, va qaysi yo'nalishga kirishni yokida o'qishni aniqlamagan bo'lsa unda IB kursi unga mos keladi. Sababi ushbu kursda keng qamrovli ta'lim bo'lib, ko'proq fanlardan dars o'tiladi.

Agarda o'quvchi aniq sohasini tanlagan hamda ma'lum bir belgilangan fanlarni yaxshi o'zlashtirgan, va kelajakda o'qiydigan sohasini fanlarini oldindan chuqur o'zlashtirmoqchi bo'lsa unda unga A-Level kursi mos keladi.


Toshkentda IB kursini taqdim etadigan maktablarni bu yerdan ko'rishingiz mumkin.


https://www.international-schools-database.com/in/tashkent