Get Mystery Box with random crypto!

Salom kelajak egalari Bugun siz bilan Oksford universiteti | Chetda Ta'lim

Salom kelajak egalari

Bugun siz bilan Oksford universitetiga kirishning 2-bosqichi haqida gaplashamiz.

Universitet uchun tayyorlov kursini tanlash.

A-Level
(tayyorlov kursi)


MDH davlatlari shuningdek O'zbekistonda ham universitetgacha bo'lgan ta'lim 11 yil hisoblanadi. Buyuk Britaniyada esa boshqacharoq. Ularda 11-yil ta'limdan so'ng o'quvchilar majburiy 2-yil Universitetga tayyorlov kurslarini o'qiydilar. Bu xalqaro talabalarga ham tegishli. Agarda siz Angliyaning universitetlariga kirmoqchi bo'lsangiz unda siz 2 yillik A-Level yokida International Baccalaureate (IB) kurslarini tamomlashingiz kerak.


A-Level bu 2 yilik Angliyaning majburiy universitet uchun tayyorlov kursi hisoblanadi. Ushbu kursni tugatib siz Angliyaning to'liq maxsus ta'limi atestatini olasiz, bu esa sizga Angliyaning universitetlariga kirishga yo'l ochadi. Bu kursdan asosiy maqsad o'quvchilarni universitetga tayyorlashdir. Ushbu kursda topshirgan imtixoningiz javoblariga qarab universitetga qabul qilishingiz yokida kira olmasligingiz mumkin.


Ushbu kurs sizga ko'plab imkoniyatlarni ochadi. Bu kurs diplomi Angliyaning top universitetlaridan tashqari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Singapur, Tailand, Misr, JAR, Germaniya, Ispaniya oliygohlari tomonidan ham qabul qilinadi.

Ushbu kursda o'qib siz Angliyaning ta'lim tizimi haqida bilib, unga moslashasiz. Bu esa kelajakda sizni Angliya universitetlarida o'qishingiz uchun ham qulayliklar yaratadi.

Eng katta qulaylikaridan biri, bu kursni siz onlayn o'qishingiz mumkin. Bu esa katta xarajatlardan sizni qutqaradi.


Ushbu kurs 45 ta fanni o'z ichiga oladi. Siz ulardan 3-6 tasini tanlab, o'qib imtixon topshirasiz. Muhim narsa, siz tanlaytdigan fan keyinchalik universitetdagi yo'nalishingiz bilan bog'liq bo'lishi kerak. Chunki siz topshiradigan imtixon natijalari siz tanlagan universitet yo'nalishiga kirishingiz uchun kerak bo'ladi.


Bu kurs ikki qismdan AS hamda A2 lardan iborat. Har birini 1 yil o'qib siz imtixon topshirasiz. A+, A, B, C, D, E kabi baholar qo'yiladi. Imtixon natijalari juda muhim. Sababi siz Angliyaning top universitetlariga kirmoqchi bo'lsangiz unda siz A+, A ga topshirishingiz kerak bo'ladi.


A-Levelga kirish uchun talablar:

- 16 yoshdan oshgan bo'lish
- Maktab diplomi (baholar 4 dan pas bo'lishi kerak emas)
- IELTS dan 5 yokida TOEFL dan 500
- Maktab o'qituvchilari tomonidan tavsiyanoma (sizni maqtab yozilgan )