Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Onamni qanday rozi qilaman ? Yong'oqday bo'lib qornida ol | Abduvahob-Ziyo kimyo

​​​​Onamni qanday rozi qilaman ?

Yong'oqday bo'lib qornida olam azob bersamda, "bolam" deb quvongan Onamni qanday rozi qilaman ?

Eng og'ir azob bilan ikki dunyo orasida meni dunyoga keltirib, birgina yig'im bilan Baxtli bo'lgan Onamni qanday rozi qilaman ?

Shirin uyqusini men deb unutgan, kasal bo'lsam yuragiga dunyolar sig'magan Onamni qanday rozi qilaman ?

Allasida menga zafar tilagan, eng jirkanch holimdan ham jirkanmagan, meni deb sog'lig'i-yu, yoshligini qurbon qilgan Onamni qanday rozi qilaman ?

Men qo'rsni doim erkalagan, yiqilsam "tur o'g'lim" degan, orzularida meni kamolimni ko'radigan Onamni qanday rozi qilaman ?

Shuncha xafa qilsamda meni duo qiladigan, "qayda yuribsan bolam" deb qayg'uradigan Onamni qanday rozi qilaman ?

Bilaman, Ona, nima qilsamda birgina o'tkazgan bedor tuningizu, bergan oq sutingiz haqqini ado etolmayman.

Onajon, shunday Inson bo'layki, haqqingizga duolar keltiray, shunday farzand bo'layki men deb kechgan orzularingizni ro'yobga chiqaray !