Get Mystery Box with random crypto!

Bugun sizlar bilan Yangi yil dasturhoni uchun judayam mazali t | Рецепты Chef School

Bugun sizlar bilan Yangi yil dasturhoni uchun judayam mazali taom pishiramiz. Ishonchim komilki, bunaqasini hali yemagansiz!

Qo'ziqorin va Ismaloq sousli Tovuq

Masalliqlar:
Tovuq filesi - 3 ta
Zaytun yoği - 2 osh qoshiq
Qo'ziqorin - 10 ta
Piyoz - 1 ta
Qizil bulğori - 1 ta
Ismaloq - 150 gr
Un - 1 osh qoshiq
Sut - 125 ml
Tuz, murch, paprika
Qirilgan pishloq - 100-150 gr

Tayyorlanishi:
1. Tovuq filelarini qornidan uzunasiga yupqa qilib kesib chiqamiz. Shunday qilib 3 ta filedan 6 bo'lak chiqadi.

2. Go'shtlarni 2 qoshiq zaytun yoği, tuz, murch va paprika bilan ishqalab chiqamiz. Ustini yopib 30 daqiqaga sovutgichga qo'yamiz.

3. Yopishmaydigan (antiprigar/teflon/granit) tovani qizdirib tovuqlarni har bir tarafini 2-3 daqiqadan qizartirib olamiz.

4. Qizargan tovuqlarni pishiradigan formamizga terib chiqamiz.

5. Yarim oy shaklida to'ğralgan piyozni va yupqa to'ğralgan qo'ziqorinni zaytun yoğida biroz rang kirguncha qovurib olamiz.

6. Ortidan somoncha shaklida to'ğralgan qizil bulğorini va yupqa to'ğralgan ismaloqni ham tovaga solamiz.

7. Ismaloqlarning hajmi kichraygandan so'ng tuz va ziravorlarni qo'shamiz va suvini batamom tortib olgunicha qovurishda davom etamiz.

8. So'ngra unni sepib aralashtiramiz va ortidan sut quyib biroz qaynatamiz.

9. Sousni go'shtlar ustiga solib chiqamiz va ustidan pishloq sepib, 180°C da qizdirilgan pechda usti qizarguncha pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

#ovqat

Yaqinlaringizga ham yuboring

Telegram Instagram