Get Mystery Box with random crypto!

👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓

Telegram kanalining logotibi chdpu_kitobxontalaba — 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓 C
Telegram kanalining logotibi chdpu_kitobxontalaba — 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓
Kanal manzili: @chdpu_kitobxontalaba
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 62

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-05-13 03:15:08 СЕНИ ЯХШИ КЎРАМАН, ЁДИНГДА ТУТ!...

Япониядаги зилзиладан сўнг қутқарувчилар ёш аёлга тегишли бўлган уй харобаларига келишди ва хонадон соҳибасини девор ёриқлари орқали кўришди. У ибодат қилаётгандек энгашиб, қўллари эса ниманидир ушлаб тургандек эди гўё! Қулаб тушган уй унинг боши ва елкасига зиён етказган эди. Қутқарувчилар гуруҳининг сардори аёл тирик эканлигига умид қилганди. Аммо унинг совуқ танаси бунинг аксидан далолат бериб турарди. Кўринмас бир куч гуруҳ сардорини ҳалок бўлган аёлнинг уйига чорлади. Яна бир маротаба, у аёл ётган жойни кўриб чиқиш учун бошқа бир тирқишдан ичкарига бўйлади ва кутилмаганда ҳаяжон билан «Бу ерда гўдак бор, гўдак!» деб бақира бошлади. Бутун гуруҳ уй атрофидаги уюмларни синчиклаб йиғиштиришга тушишди. Аёл тиз чўкиб, мук тушганча ётар эди. Во, ажаб! Унинг остида адёлда ўралган 3 ойлик ўғил бола ётарди! Уй қулаётганда она боласини ўз танаси билан тўсиб турган. Афтидан, у боласи учун ўзини қурбон қилган эди. Қутқарувчи гуруҳ сардори миттигина гўдакни қўлга олганида, у ҳали пишиллаб ухлаб ётарди. Адёлни очганида эса, қутқарувчининг кўзи уяли телефонга тушди. Экранда матнли «смс» бор эди: «Агар тирик қолсанг, сени яхши кўришимни ҳамиша ёдингда тут». Бу уяли телефон қўлма-қўл бўлиб кетди. Ундаги хабарни ўқиган одамларнинг кўзлари намланди. «Агар тирик қолсанг, сени яхши кўришимни ҳамиша ёдингда тут». Она муҳаббати шундай бўлар экан!!!

@CHDPU_KITOBXONTALABA
21 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, edited  00:15
Ochish/sharhlash
2023-05-13 03:11:58 Ilmdan 8 ta foyda oldim, shu menga kifoya qiladi!
(30 yillik suhbatdan hosil bo‘lgan ilm)

1. Qabringda senga ulfat bo‘luvchi mahbub bu - solih amallar;
2. Joyi jannatda bo‘lishi uchun hoyu-havasni tark qilish;
3. Dunyo o‘tkinchi, Alloh huzuridagi narsa esa boqiydir;
4. Haqiqiy sharaf taqvodadir;
5. Kim hasad qilsa, Allohga e’tiroz qilgan bo‘ladi;
6. Shaytondan boshqa dushman yo‘q;
7. Rizq Alloh zimmasida bo‘lganidan keyin uni birovlardan tama qilishga hojat yo‘q;
8. Kim Allohga tavakkul qilsa, unga U Zotning O‘zi kifoyadir.

Ummatning Luqmoni deb atalgan Hotam Ibn Unvon Abu Abdurrohman

@CHDPU_KITOBXONTALABA
21 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 00:11
Ochish/sharhlash
2023-05-12 02:44:24 Ilming foydalari.

Ilm farzi ayn amaldir. Uning barokati shunchalikki, Alloh subhana va taolo, sizni ilm bilan ne'matlantirib, ohirat hayotingizda ajrini ziyoda qilibgina qolmay, dunyo hayotida ham ko'pdan ko'p yaxshiliklar beradi, ilm tufayli.

Olgan ilmingiz bilan, siz Allohni taniysiz, iymon va taqvo mustahkam bo'ladi, bu ham ne'mat.
Ilm sabab, bilmaganlarga haqni bildirasiz, Alloh sizni sabab qilishi ham ne'mat.

Va eng asosiysi, sizni ilmli ayollar safidan etgani ne'mat.
Chunki siz, jamiyl ilm va farosat sabab, Ummat tarbiyalovchi murabbiyga aylanasiz.

Tasavvur qiling-a, siz bergan ilm tufayli nasllar sakinat topadi. Daryo kabi, davomli, ohiri yo'q Ne'matga aylanadi. Siz farzandingizga, farzandingiz o'z bolasiga.... Shu tariqa ketaveradi.

Ho'sh, shuncha ajr mukofotlar egasi bo'lishingiz mumkin ekanligini eshitib ham, jim o'tiraverasizmi, sustkashlik qilasizmi?

@CHDPU_KITOBXONTALABA
34 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 23:44
Ochish/sharhlash
2023-05-10 20:09:10 Ассалому алейкум ва рахматуллохи ва баракотух.
Олдин айтганимиздек кейнги эхсонимиз 15-май Чирчик шахар 23- ногиронлар мактабида
Ин шаа Аллох 70 та болалар учун
Кичик тадбир
Турли ойинлар
Қалбан сухбатлашамиз

Болаларга қувонч улашамиз Албатта бунинг учун сизнинг комагингиз керак болади)
Оз оздан йиғсакхам Ин шаа Аллох анча йиғилиб қолади.

Ёрдам учун карта:
8600060419781936

Саволлар булса:@Burkhanov_0718, @Nuru_ayniyy

Бизнинг канал: @Saxovatli_Yoshlarmiz

Бизга қошилинг охиратингиз учун савоб йиғинг
40 views𝑨𝑯𝑨𝑫𝑶𝑽 𝑸𝑼𝑫𝑹𝑨𝑻, 17:09
Ochish/sharhlash
2023-05-10 03:41:03
Kitob sotib olishdagi niyatlar quyidagicha qilinadi:

1. Undan naf, foyda olishni niyat qilish.
2. Vaqtni yaxshilikda o'tkazishni niyat qilish.
3. Ilmni yod olish va uni tarqatishni niyat qilish.
4. Kitob o'qishga mashg'ul bo'lib, mish mishlardan uzoq bo'lishni niyat qilish.
5. Kitobni o'qib turish uchun so'ragan odamga berishni niyat qilish.
Zero,Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Amallar faqat niyatlarga ko'radir. Har kimga niyat qilganigina bo'ladi", deb aytganlar.

@CHDPU_KITOBXONTALABA
48 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 00:41
Ochish/sharhlash
2023-05-10 02:55:54 Sabr degani nofaollik degani emas. Sabr degani oqibatni ko'ra olish va unga ishonish demakdir.
Sabrning ma'nosi nimada? Tikanga qarab turib, atirgulni ko'rmoqlikda; tunda bo'la turib, tongni bilmoqlikda. Sabrsizlik esa uzoqni va kelajakni ko'ra bilmaslikdir.
Xudoni sevuvchilar aslo sabrni yo'qotmaydilar, zero ularga oyning to'lishi, to'lin oyga aylanishi uchun vaqt kerakligi ma'lum.
39 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 23:55
Ochish/sharhlash
2023-05-10 02:55:53 - Tushuntirishga vaqt sarflamang;

odamlar faqat eshitishni xohlagan narsalarini eshitishadi...
37 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 23:55
Ochish/sharhlash
2023-05-09 19:20:38 Hayollar va so'zlaringizdan ehtiyot boling, ular amalga oshish xususiyatiga ega. "Pulim yoq" deyishning orniga "boy bolaman" "nega baxtsizman"ni orniga "eng baxtli men bolaman" "ishim yoqmayapti" demasdan "ozimga mos va sevimli ishimni topaman" va x.k deng, sozlarni togri tanlashni organing, pulim yoq, bu hech qacon puling bolmaydi degani, baxtsizman, demK bir umrga baxtsizsan degani. FARQINI TUWUNYABSIZMI?
40 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 16:20
Ochish/sharhlash
2023-05-09 19:18:59
"Quvonch"
Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan qisqa metrajli multfilm
41 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 16:18
Ochish/sharhlash
2023-05-09 19:09:05
Ин шаа Аллах
37 views𝑴𝒂𝒔𝒉𝒉𝒖𝒓𝒂, 16:09
Ochish/sharhlash