Get Mystery Box with random crypto!

#tarjimacha Ali ibn Vefa rohmatullohu alayh “ Biz bir narsan | قـلــب مـطمـئــن

#tarjimacha

Ali ibn Vefa rohmatullohu alayh
“ Biz bir narsani istagan holda, erishgan vaqtimizda bir marotaba, erisha olmagan vaqtimizda esa o‘n marotaba sevinamiz“ deganlar.

Keyinchalik yuzberadigan narsa bilan qalbingni mashg‘ul qilma. Rizqga Alloh azza va jalla kafil bo‘lgandir. Qarishingga kelganida sabablariga yopish lekin qalbingni unday tushunchalar bilan avvaldan toliqtirma.

Tamomila tavakkulga yopishib sabablarini tark qilish xato bo‘lgani kabi, tamomila sabablariga yopishib Allohni unutish ham xatodir. Inson sabablarini qilgan holda taqdirni Alloh azza va jallaga havola qilishi, har bir narsaning mutloq bir qadari mavjud ekanligini unutmasligi va qalbini rizq kabi narsalar bilan mashg‘ul qilmasligi kerak.
Alloh kafil bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib, sendan istagan narsasida kamchilikka yo‘l qo‘yishing, basiratingni yopiq bo‘lganini dalilidir.
Alloh taolo bizning rizqlarimizga kafil bo‘lgandir va bizni faqatgina Unga qullik qilishimiz uchun yaratgandir.

Ibn Ataulloh al-Iskandariy.