Get Mystery Box with random crypto!

#tarjimacha Allohdan sizni bir holdan chiqarib boshqa bir ho | قـلــب مـطمـئــن

#tarjimacha

Allohdan sizni bir holdan chiqarib boshqa bir holatga keltirishini so‘ramang. Agar U hohlasa, sizni o‘sha holatdan chiqarmay turib ham o‘sha holatdagi vaziyatingizni go‘zal qilishi mumkin.

Agar inson oilali bo‘lsa bo‘ydoqligini, faqir bo‘lsa boylikni, g‘urbatta bo‘lsa vatan(farovonlik)ni, hasta bo‘lsa salomatlikni yoki yolg‘iz bo‘lsa odamlar bilan bo‘lishni yohud bularning barchasini aksini orzu qilmasligi kerak. Alloh taolo nimaning hayrli ekanligini eng yaxshi biluvchidir. Inson istasa ham istamasa ham U nimani iroda qilsa albatta o‘sha bo‘ladi.

Alloh taolo Dovud alayhi salomga shunday vahiy yuborgan:
“ Ey Dovud! Sen ham istaysan men ham... Lekin faqatgina mening aytganim bo‘ladi. Agar mening iroda qilganimga taslim bo‘lsang(itoat qilsang) istaganingni beraman. Agar itoat qilmasang istagan narsang ustida toliqasan va yanada mening iroda qilganim bo'ladi.“

Ibn Ataulloh al-Iskandariyning
“Hikem-i Ataiyye “ kitobidan.

Qadarimiz buyuk Zot tomonidan yozilgandir hotirjam bo‘ling
.