Get Mystery Box with random crypto!

CefrForTeachers Vizitka

Telegram kanalining logotibi cefrforteachers — CefrForTeachers Vizitka C
Telegram kanalining logotibi cefrforteachers — CefrForTeachers Vizitka
Kanal manzili: @cefrforteachers
Toifalar: Dizayn
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65
Kanalning ta’rifi

Multilevel imtihonida tushgan va tushayotgan savollarga javoblar✔️
Bepul Mock testlar✔️
Original videodarsliklar kanali✔️
To contact: @EFLTeacher95
Ads: @recentmultilevel

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-07-04 19:11:39 #Qabul2023 #Abituriyent2023 #Imtiyoz
IELTS sertifikatini inobatga olishda yozish ko‘nikmasiga alohida talab qo‘yilmaydi

Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Bunda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirishda IELTS (International English Language Testing System) sertifkatiga ega abituriyentlar writing modulidan kamida 5,5 ballga ega bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan B2 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball berilishi belgilandi.

Demak, IELTS 5,5 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.7K viewsTeacher Jaloliddin, 16:11
Ochish/sharhlash
2023-07-04 14:00:41 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
6.6K viewsKhalima Fozilova, 11:00
Ochish/sharhlash
2023-07-04 06:46:04
8.3K viewsKhalima Fozilova, 03:46
Ochish/sharhlash
2023-07-03 18:24:19 Hurmatli kanal obunachilari! Oramizda ingliz tili o'qituvchilari ko'pchilikni tashkil qiladi. Bilasiz, ingliz tili o'qituvchilari uchun sertifikat majburiy bo'ldi deyarli. Yaqin orada ko'pchilikning takliflariga binoan Ingliz Tili O'qituvchilari uchun APTIS kursini ochmoqchimiz, In Shaa Allah. Bu kursimizda o'qib, sentabrdan ishini Aptis sertifikati bilan boshlamoqchi bo'lganlar bormi ? Kimlar kursda o'qimoqchi ? Izohlarda yozib qoldiring.
9.2K viewsKhalima Fozilova, 15:24
Ochish/sharhlash
2023-07-03 09:07:37
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023

Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli tanlovda ishtirok etmaydi.

Yuqoridagi rasm orqali maqsadli qabul qanday amalga oshirilishi bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Izoh: rasmda keltirilgan raqamlar misol sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga ajratilgan kvotalar bundan farq qiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
9.5K viewsTeacher Jaloliddin, 06:07
Ochish/sharhlash
2023-07-03 08:05:27
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2023-yil 10-11- va 17-18-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining gapirish ko‘nikmasini baholash qismi 2023-yil 12-iyun kuni boshlanib, barcha hududlarda tashkil etildi va 1-iyul kuni yakunlandi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlarida 37 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
9.1K viewsTeacher Jaloliddin, 05:05
Ochish/sharhlash
2023-07-03 07:08:11
#qabul2023

magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
9.1K viewsTeacher Jaloliddin, 04:08
Ochish/sharhlash
2023-07-01 16:12:00
Magistratura (ingliz tili) bo'yicha turdosh yo'nalishlar ro'yxati

Oliy ta'lim vazirligi tomonidan davlat OTMlar Magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta'lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra Magistraturaga tegishli fakultetga hujjat topshirishda yo'nalish turdosh yo'nalishga mos kelishi kerak. Ingliz tili bo'yicha suratda berilgan yo'nalishlar turdosh hisoblanadi. Ya'ni bakalavrni ushbu yo'nalishlardan birida tamomlagan bo'lsangiz, magistraturaga ham aynan o'sha yo'nalishlarga topshira olasiz.

@uzteachers
11.8K viewsTeacher Jaloliddin, 13:12
Ochish/sharhlash
2023-07-01 16:01:34
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati

Nima o’zgarishlar bor?

Yangi ro’yxatda ingliz, italyan va turk tilida bittadan o’zgarish bo’ldi.

Olib tashlandi:

Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill

Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)

Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER)

Qo’shildi:

Ingliz tiliga — International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus

ESLATMA: yangi ro’yxat tasdiqlangunga qadar (2023-yil 23-mart) olingan hamda amal qilish muddati tugamagan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 2023/2024-oʻquv yili qabulida inobatga olinadi.


@xushnudbek
11.3K viewsTeacher Jaloliddin, 13:01
Ochish/sharhlash
2023-07-01 07:11:10
#Magistratura

Magistraturaga hujjat topshirish xizmati

Qabul 2023-202
4


Online hujjat topshirish jarayoni 2023-yil 1-iyuldan 30-iyulga qadar davom etadi.

Statistikani ko'rish: https://magistr.edu.uz/#statistics

Kanalga ulanish
@CefrForTeachers
11.6K viewsTeacher Jaloliddin, 04:11
Ochish/sharhlash