Get Mystery Box with random crypto!

CefrForTeachers Vizitka

Telegram kanalining logotibi cefrforteachers — CefrForTeachers Vizitka C
Telegram kanalining logotibi cefrforteachers — CefrForTeachers Vizitka
Kanal manzili: @cefrforteachers
Toifalar: Dizayn
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65
Kanalning ta’rifi

Multilevel imtihonida tushgan va tushayotgan savollarga javoblar✔️
Bepul Mock testlar✔️
Original videodarsliklar kanali✔️
To contact: @EFLTeacher95
Ads: @recentmultilevel

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-07-24 16:28:37
Aptis testi

Buxoro
Samarqand

shaharlariga ham ochildi. Tezlashamiz, joylar soni chegaralangan. Yangi o’quv yilini C1 daraja bilan boshlashga nima yetsin

Kanalga ulanish
@CefrForTeachers
2.5K views13:28
Ochish/sharhlash
2023-07-24 14:04:31
Toshkent imtihon kunlari.

Kanalga ulanish
@CefrForTeachers
4.4K views11:04
Ochish/sharhlash
2023-07-23 17:17:47
Chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihonlar o‘tkazildi

2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihon o‘tkazildi.

Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

17-20-iyul kunlari — suhbat qismi;
21-23-iyul kunlari — yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Imtihonlar 12 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab, fors va uyg‘ur tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
7.3K views14:17
Ochish/sharhlash
2023-07-23 13:45:43 Akademik litseylarga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari ertaga (24-iyul kuni) ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda:

-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

Test sinovi test2023.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatchilik jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
7.2K views10:45
Ochish/sharhlash
2023-07-23 12:11:30 Doʻstlar turlari haqida!

Close friends - yaqin doʻstlar

Lifelong friend - bir umrlik doʻst

Childhood friend - bolalikdagi doʻst

Circle of friend - doʻstlar davrasi

Long-term relationship - uzoq muddatli doʻstlik aloqasi

Firm friend - juda yaxshi chiqishadigan doʻst


Casual acquaintance - shunchaki tanish doʻst

Cordial friend - rasmiy doʻst

Ushbu soʻzlarni yod oling va ogʻzaki va yozma nutqingizda ishlating!

@CefrForTeachers
7.1K views09:11
Ochish/sharhlash
2023-07-22 19:14:58 Multilevel imtihoni Oktabr oyidan boshlab o’tkaziladi!!

Kanalga ulanish
@CefrForTeachers
8.1K views16:14
Ochish/sharhlash
2023-07-22 19:07:12 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2024 o‘quv yilida alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali.

Kanalga ulanish
@CefrForTeachers
8.0K views16:07
Ochish/sharhlash
2023-07-22 16:57:54 Tibbiyot OTMlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini berish yo‘lga qo‘yiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda mavjud 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi talabalar orasidan 7,5 va undan yuqori bo‘lgan ingliz tili IELTS sertifikatiga hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalar ko‘pligini ta’kidlab, amaldagi tartibga o‘zgartirish kiritish hamda bunday talabalarga vazir stipendiyasini to‘lab borish tizimi joriy etilishini ma’lum qildi.

@CefrForTeachers
8.5K viewsedited  13:57
Ochish/sharhlash
2023-07-22 10:35:51
Assalomu aleykum xurmatli guruhimiz azolari APTIS imtixoniga ochiq bo'lgan xududlar va sanalar, register qilib olamiz joylar bor.

Kanalga ulanish
@CefrForTeachers
8.1K views07:35
Ochish/sharhlash
2023-07-04 19:11:49 #Qabul2023 #Abituriyent2023 #Imtiyoz
Linguaskill sertifikati rasmiy imtihon markazlarida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Bunda ingliz tilidan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxatida Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati ham mavjud va mazkur sertifikat OTMlarning bakalavriatiga kirishda inobatga olinadi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.

Demak, Linguaskill sertifikatini rasmiy imtihon markazlarida bevosita ishtirok etgan holda imtihon topshirib olgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi. Imtihon markazlariga bormasdan onlayn tarzda olingan sertifikatlar esa inobatga olinmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.7K viewsTeacher Jaloliddin, 16:11
Ochish/sharhlash