Get Mystery Box with random crypto!

Kanadaga borganingizda ishga tezroq kirishib joylashib ketish | Canada.uz | Rasmiy

Kanadaga borganingizda ishga tezroq kirishib joylashib ketish uchun top ish sohalari ! 1. Delivery (yetkazib berish) xizmati:

— Ko'pchilik migrantlar borgan paytida til bilmasligi sabab, oson va til kerak bo'lmagan ishlar qidiradi. Ulardan biri "delivery" xizmati. Bu orqali siz mijozlarga buyurtmalarni avtomobilingiz yoki boshqa transportingiz bilan yetkazib berasiz va kuniga 4-5 soat ishlab, soatiga $16-$33 topasiz.

2. Truck kompaniyalari dispecheri:

— Bunday kompaniyalarda dispecher bo'lib, yuk avtomobili haydovchilariga kompyuter orqali yuklar topish, yo'llarni ko'rsatish va boshqa jarayonlarni amalga oshirasiz. Eng asosiysi sizdan ortiqcha hujjatlar talab qilinmaydi va maoshingiz haftasiga $600-$1800 gacha yetadi.

3. Moving – ko'chib o'tishga yordam beruvchilar:

— Qisqa qilib aytganda, Kanadaliklarning bir uydan ikkinchi uyga kochib o'tishiga yordam berasiz ya'ni mebel va boshqa anjomlarini ko'chirib berasiz. Bir kunda 8-9 soat ishlab, $100-$200 gacha topishingiz mumkin. Agar yuk mashina o'zingizdan bo'lsa, $400 gacha ishlay olasiz.

4. Comcast – internet va boshqa aloqalarni o'rnatish xizmati:

— Bunda sizning ishingiz uylarga va ofislarga internet va boshqa aloqalarni o'rnatish bo'ladi. Lekin sizda maxsus instrumentlar, avtomobil va 2 haftalik trening sertifikati bo'lishi kerak. Siz haftasiga topishingiz mumkin bo'lgan daromad esa $800-$1000 atrofida.