Get Mystery Box with random crypto!

Rezyumeda nima yozilishi kerak? Sizning ish tajribangiz , ko' | Canada.uz | Rasmiy

Rezyumeda nima yozilishi kerak?

Sizning ish tajribangiz , ko'nikmalaringiz, tillarni bilish darajangiz, dasturlaringiz, sertifikatlaringiz , litsenziyalaringiz, ta'lim darajangiz kabilarni rezyumengizga yozishingiz lozim. LEKIN!! Siz faqat murojaat etayotgan ishingizga nima tegishli ekanligini konkret ko'rsatishingiz kerak. Agar siz oshpazlikka ariza bersangizu, lekin Microsoft haqida cho`pchaklar yozsangiz, bu qo`pol xato hisoblanadi va ish beruvchini bu qiziqtirmaydi.

Rezyume qanday Formatda bo`lishi kerak:

O`zbekistonda rezyumening xronologik formati juda keng tarqalgan, ya'ni hozirgi oxirgi ish joyidan tortib to eng qadimgigacha bo'lgan barcha tajribalarning ko'rsatkichi yoki obektivkangiz ko`rsatilgan bo`ladi bu narsa Kanada ish beruvchilari uchun ham ma`lum lekin ko`pam ahamiyati bo`lmasligi mumkin. Kanadada ishga kirmoqchi bo`lsangiz Funktsional rezyumeni yaratishingiz kerak ayniqsa sizni ish sohangiz ish beruvchi bilan bog'liqlik tartibida ko'rsatishingiz muximroq.