Get Mystery Box with random crypto!

Cambridge'da 2022-yil sarhisobi 1. Natijalar. Bir yil ichida | CAMBRIDGE SCHOOL

Cambridge'da 2022-yil sarhisobi

1. Natijalar. Bir yil ichida 80 dan oshiq o'quvchiga B2+ olishlari yo'lida ta'lim berish, ularning hayotiga hissa qo'shish insonga faxr tuyg'usini beradi.

2. Sharoitlar. Garchi natija bizning eng katta yutuqlarimizdan biri bo'lsada, Rishton tumanidagi eng zamonaviy va shinam xonalarga ko'chganligimiz, o'z o'quvchilarimizga yanada ko'proq qulay sharoitlar yarata olganimiz ham bizning 2022-yildagi eng sezilarli ustunliklarimizdan bo'ldi. Axir, avval iqtisod, keyin siyosat, you got it my friends :).

3. Cambridge Team. O'z jamoamizda, IELTS/Multi-Level teacherimiz Muhammadqodir Davronbekovich C1 natijani qayd etgan bo'lsalar, Grammar o'qituvchilarimiz, jumladan Jamshid Abdubannopov ham B2 darajadagi sertifikat sohibi bo'ldilar.

Men, IELTS Teacher, Abror Rahmatullayev, esa Multi-Level imtihonidan deyarli Respublikada eng yuqori (Overall 74) ballni qo'lga kiritdim. Chet tillari imtihonida Yozish va Gapirish (Speaking & Writing) ko'nikmalarini baholash bo'yicha EKSPERT maqomini oldim. Hamda, Amerikaning eng nufuzli Universitetlaridan bo'lgan, Webster University'ga, TESOL (Xalqaro Tillarni O'qitish) yo'nalishiga magistrlikka o'qishga kirdim.

4. O'quvchilar. O'tgan yillar davomida butun Cambridge School'da o'qigan o'quvchilar soni, 2022-yilda deyarli 30% dan yuqoriroqqa oshdi. Buni marketologlar yaxshi biladi qanday katta o'sish ekanligini :).

Mana shunday gaplar azizlar, biz 2022-yilda ko'p marralarni zabt etdik, endi kelayotgan 2023-yil uchun ham bundanda katta niyat va maqsadlarimiz bor. In shaa Alloh, hali to'xtamaymiz.

Bizni tanlaganingiz uchun Rahmat. Cambridge School yangi yilda, ko'proq motivatsiya va energiya bilan qaytadi. Yanada katta marralarni zabt etishga shay holatda bo'ladi. Siz ham shunday qiling, azizlar!

@CambridgeSchool2020