Get Mystery Box with random crypto!

2018-yili, o'qishga kirganimda Grand oshi qilgan edik, el-yurt | CAMBRIDGE SCHOOL

2018-yili, o'qishga kirganimda Grand oshi qilgan edik, el-yurtga osh berib, uyda to'y misoli bayram qilganmiz. Nega? Chunki o'qishga kirish juda qiyin edi, kimdir o'qishga o'ta olsa, ayniqsa Grand ga, buni hayoti davomidagi eng katta yutuqlardan biri hisoblar edi shu paytlar.

Hozir ham deyarli bir xil, lekin oliygohga kirish u qadar qiyin emasdek nazarimda. Deyarli har bir o'qigan abituriyentning oliy ta'limga kirish ehtimolligi sezilarli darajada oshdi. 5 ta oliygohga topshira olish, testlar darajasi osonlashganligi, ikkita asosiy blok borligi bularning asosiy sabablari deb bilaman.

Lekin, mana shu vaziyatda ham, bir narsa haligacha qiyinligicha qolmoqda - IELTS/MULTI-LEVEL imtihonlaridan o'qishga kirishda talab qilinadigan - B2 darajasini olish. Ha, ba'zilar bu ballni mensimas, ko'ziga osondek ko'rinar, lekin men bilaman naqadar mashaqqatli va mehnat talab qiluvchi jarayon ekanligini.

Buni o'quvchilar ham yaxshi anglaydilar. IELTS'ga tayyorlanishni boshlarkan, har bir talaba sezadi uning grammatikadan qiyinroq ekanligini, essay yozayotgan paytda idea kelmay hunob bo'lganda yana bir bor amin bo'ladi İELTS dan kerakli ballga erishish piece of cake emasligini :) .

Cambridge School mana shunday mashaqqat bilan erishiladigan IELTS/CEFR ballarini olishda o'quvchilarga mana ikki yildirki yordam berib keladi. O'tgan 2021-2022 o'quv yiliga nazar solarkanmiz, 60+ nafar talabimizga IELTS B2+ (C1 ham bor) natijada ko'maklashgan edik, va ushbu yakunlanayotgan 2022-2023 o'quv yilida esa, bu raqamni 80+ ga oshira oldik.

Butun yil davomida, erishganlarimizni umumiy sarhisob qilsak, Cambridge School'ni yanada katta fonda ko'ra olamiz.

@CambridgeSchool2020