2022-08-16 11:34:20
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus Islom ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari
O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi
o'rta maxsus Islom ta'lim muassasalari o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2022-yil
23-avgust kuni
07:00 da boshlanadi.
Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi
ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘siton Respublikasi – Nukus olimpiya kolleji (1-sektor);
Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (1-sektor);
Namangan viloyati – Barkamol avlod sport majmuasi stadioni (1-sektor);
Buxoro viloyati – Umid sport majmuasi (1-sektor);
Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);
Surxondaryo viloyati – Termiz Alpomish o‘yingohi (1-sektor);
Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (1-sektor);
Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-4-sektorlar).
Abiturientlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun
ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Abiturientlarning test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani olish bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.
https://t.me/qabulmuslimuz
10.4K viewsعبدالله بخاري, 08:34