Get Mystery Box with random crypto!

Buxorolik Talabalar

Telegram kanalining logotibi buxorolik_talabalar — Buxorolik Talabalar B
Telegram kanalining logotibi buxorolik_talabalar — Buxorolik Talabalar
Kanal manzili: @buxorolik_talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.26K
Kanalning ta’rifi

Асосан оддий бир талабанинг ёзганлари. Танқидий, Таҳлилий, Юмористик канал

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-12-05 19:19:03 Shunday qilib talabalar va o'quvchilar 26-dekabrdan qishki ta'tilga chiqishlari belgilandi. Bu haqida yana nimalarni bilish muhim?

Ko'pchilikda savol tug'ilmoqda, nega 20-dekabrdan boshlab kanikulga chiqmadik? Vazirlar mahkamasining qarorini yaxshilab o'qib chiqqan bo'lsangiz dekabrning oxirgi 10 kunligi hamda yanvarning birinchi 10 kunligida 2 haftalik ta'til berilishi belgilangan. Bu yerda 2 hafta deyilgan, ya'ni 14 kun. 22-dekabrdan ta'til e'lon qilinsa 22-dekabrga 14 kun qo'shib hisoblaganingizda 4-yanvar ta'tilning oxirgi kuni bo'lmoqda, 5-yanvardan darslar boshlanar edi, yoki aksincha 28-dekabrdan ta'til e'lon qilinganda 14 kun qo'shib hisoblasak 10-yanvar ta'tilning oxirgi kuni hisoblanib 11-yanvardan darslar boshlanar edi. Hozir esa 26-dekabrdan ta'til e'lon qilindi, 14 kun qo'shsak 8-yanvarga to'g'ri kelmoqda, demak 9-yanvardan darslar boshlanadi.

Xullas qachondan ta'til e'lon qilinsa ham faqat 14 kun dam olasizlar, ta'til e'lon qilingan vaqtdan 14 kun o'tib yana darsga qaytasizlar. Dekabr oyining oxirgi 10 kunligi hamda yanvar oyining birinchi 10 kunligi deb qo'yilgan interval chegara hisoblanib, 20-dekabrdan ertaroq ta'til e'lon qilish mumkin emas, shuningdek ta'til 10-yanvardan chozilib ketishi ham mumkin emas. Ta'til muddatlarini OTMlar o'z o'quv rejasiga ko'ra yuqorida aytib o'tilgan qoidalarga amal qilgan holda mustaqil o'zlari belgilaydi, lekin bu yil Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi anglashilmovchiliklar bo'lmasligi uchun ta'til muddatini o'zi belgilab berdi.

E'tiborli jihati 26-dekabr dushanba, 9-yanvar ham dushanbaga to'g'ri kelmoqda. Avvalgi yillardagidek haftaning o'rtasida yoki dushanba dars qo'yilib seshanba kuni ta'til e'lon qilinmayapti, aynan yangi hafta boshlanmay turib ta'til e'lon qilinib, yangi hafta boshidan darslar boshlanishi belgilanmoqda. Istalgan talaba 24-dekabr shanba kuni darslari tugagandan so'ng uyiga ketadi, kredit tizimida o'qiyotgan talaba bo'lsa 23-dekabr juma kungi darslaridan keyn ham ketishi mumkin. Lekin 9-yanvar dushanbadan boshlab darslarda to'liq ishtirok etishi kerak bo'ladi. Agar zaruriyat tufayli TTJga ertaroq kelmoqchi bo'lsangiz 5-yanvardan boshlab TTJlar o'z faoliyatini boshlaydi, bemalol kelishingiz mumkin.

Shuningdek Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining topshirig'iga ko'ra har bir talabani o'z uyiga borib kelishlariga ko'maklashish uchun har bir OTMda ishchi guruh tashkil qilinadi. Temir yo'l, avtobus hamda avia chiptalar masalasida ushbu ishchi guruh har bir talaba bilan individual ishlaydi.

@Buxorolik_Talabalar
10.3K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-12-05 18:01:05
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!

@Buxorolik_Talabalar
10.1K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-12-05 11:30:41 Bugundan Toshkentdan Buxoroga avtobus yurmaydi

Noqulay ob-havo tufayli 5 dekabrdan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi.

@Buxorolik_Talabalar
10.9K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-12-05 10:31:05 OTMlarning talabalar turar joylari 2023 yil 5 yanvardan faoliyatini boshlaydi. Zaruriyat tufayli vaqtliroq keladigan talabalar shunga qarab reja tuzishlari mumkin.

@Buxorolik_Talabalar
10.9K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-12-05 10:15:07
#Slovakia (Slovakiya)

Avtomobil o'rindiqlari ishlab chiqarish zavodiga oddiy ishchi viza

Oylik maosh: 750-1200 yevro

Ish grafigi: 3 smenada, kuniga 8 soatdan.

Tajriba talab etilmaydi, qo'shimcha soatlar, kechki smenada, bayram va dam olish kunlarida ishlaganlik uchun bonuslar to'lab beriladi!

Hujjatlarni tayyorlash va viza olishda yordam beramiz!

Onlayn ro'yhatdan o'tish:
https://forms.gle/ZN37PYvdCFe3Tik27

Batafsil ma’lumot olish uchun:

+998 99 5010057 |@smartviza501
+998 99 9980037 |@smartviza998
+998 99 7970037 |@smartviza797
+998 99 9300037 |@smartviza930

18-00 dan 24-00 gacha
+998 99 5010057 |@smartviza501 | Call Center

@vizaglobal
10.8K views07:15
Ochish/sharhlash
2022-12-05 09:11:09
#Rasman
Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022 yilning 26 dekabridan 2023 yilning 9 yanvariga qadar etib belgilandi.

BARCHAGA TARQATING

@Buxorolik_Talabalar
1.6K viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2022-12-03 11:40:34
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Arxitektura-qurilish” fakulteti Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi professor - o‘qituvchilari va tyutorlari tomonidan koʻngli yarim talabalar holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berish ishlari boshlab yuborildi.

Jumladan, 510-20  BIQ guruh talabasi I - guruh nogironi bo’lgan Barnoyev Shohijhon, 534-21 ARX guruh talabasi Rayimberdiyev Jahongir, 524-21DPM Istamova Anora va 510-20 BIQ Jalolov Murodjonlar va “Mexanika asoslari” kafedrasi professor o’qituvchilari fakultetda tahsil olayotgan nogironligi bo’lgan talabalardan 512-21 QMB guruh talabasi Taniyev Doston holidan xabar olib ularning ko‘ngillarini ko‘tarish maqsadida "Ustoz-shogird an'anasiga" sodiq qolgan xolda fakultet jamoasi tomonidan ushbu talabalar holidan xabar olish davom etyapti, esdalik sovgʻalar topshirilib, tahsil olishlari uchun neki zarur sharoit boʻlsa amaliy koʻmak berilyapti.

@Buxorolik_Talabalar
10.2K views08:40
Ochish/sharhlash
2022-12-02 08:25:16
Kecha koronavirusga chalingan bemorlar yurtimizning barcha hududlarida qayd etildi

Yangi kasallanish holatlarining:
7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
12 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
1 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
12 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
12 nafari Surxondaryo viloyatida,
3 nafari Farg‘ona viloyatida,
10 nafari Xorazm viloyatida,
19 nafari Toshkent viloyatida,
64 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

@Buxorolik_Talabalar
10.4K views05:25
Ochish/sharhlash
2022-12-02 06:50:43
Buxoro Davlat universitetining 1-bosqich talabasi o‘g‘rilikda ayblanib, qo‘lga olindi

Buxoro viloyati IIBning xabar berishicha, joriy yil 2-noyabr kunidan 16-noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, G‘ijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga kirib, shkaf ichidan umumiy bahosi 12 mln so‘mlik 1 dona kumush uzuk, tilla uzuk, tilla to‘g‘nog‘ich, tilla zanjiri, 1 dona bijuteriya to‘g‘nog‘ichi hamda 1 juft bijuteriya ayollar ziraklarini o‘g‘irlab ketgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi 2004-tug‘ilgan Buxoro Davlat universitetining 1-bosqich talabasi B.U. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

@Buxorolik_Talabalar
10.3K views03:50
Ochish/sharhlash
2022-11-30 22:01:58
1-Dekabr. Qishning ilk kuni muborak azizlar...

@Buxorolik_Talabalar
11.5K views19:01
Ochish/sharhlash