Get Mystery Box with random crypto!

Buxorolik Talabalar

Telegram kanalining logotibi buxorolik_talabalar — Buxorolik Talabalar B
Telegram kanalining logotibi buxorolik_talabalar — Buxorolik Talabalar
Kanal manzili: @buxorolik_talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.26K
Kanalning ta’rifi

Асосан оддий бир талабанинг ёзганлари. Танқидий, Таҳлилий, Юмористик канал

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 83

2022-04-25 15:02:09
9-may sanasi munosabati bilan O'zbekiston hududida hech qanday harbiy parad o'tkazilmaydi.

@Buxorolik_Talabalar
10.8K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-04-25 14:10:10
2022/2023 o'quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi na'munasi.

@Buxorolik_Talabalar
11.2K views11:10
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:41:28 57 mln so‘mni qimor (1xbet)da yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi o‘z joniga qasd qildi

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi katta miqdordagi mablag‘ni qimorda yutqazib qo‘ygani sababli o‘z joniga qasd qildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida R.B. Farg‘ona Davlat universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgani, «1xbet” bukmeykerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari o‘ynashi, 16.11.2021 yil kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yashovchi «Hurshidbek» ismli shaxsdan mazkur qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni qarzga olgani va «1xbet» o‘yinlarida mazkur pullarni yutqazib qo‘ygani aniqlangan.

@Buxorolik_Talabalar
11.2K views10:41
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:37:43 #Tezkor

DTM: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

@Buxorolik_Talabalar
11.1K views09:37
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:33:53 Shifokorlarga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi. (Prezident qarori)

2022 yil 1 iyuldan olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

Olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

@Buxorolik_Talabalar
11.1K views09:33
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:05:29
Inson miyasi 2,5 petabayt sig‘imga ega, bu degani 2,5 million GB degani.

Buni to‘liqroq tasavvur qilishingiz uchun inson miyasi 13 yillik to‘xtovsiz HD formatidagi videoni yoki 5 milliard dona kitobni sig‘dira olishini o‘ylab ko‘ring.

P.S.: Shuning uchun biz o‘zimizga ko‘p ham past baho bermasligimiz kerak, chunki bizning miyamiz har qanday super kompyuterdan ham kuchli.

@Buxorolik_Talabalar
11.3K views09:05
Ochish/sharhlash
2022-04-25 08:56:11
25-aprel - Xalqaro qiz farzand kuni.

@Buxorolik_Talabalar
11.7K views05:56
Ochish/sharhlash
2022-04-24 17:12:56
#Tarqating
Iftorlik vaqtiga oz qoldi.

Iftorlik vaqti - 19:32

Buxoro vaqti bilan

@Buxorolik_Talabalar
11.3K views14:12
Ochish/sharhlash
2022-04-24 13:51:29
OTMlarga kirish test sinovlari uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi.

Prezident farmoni bilan OTMlarga kirish test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi. Unga ko‘ra, quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:
– test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
– nogironligi bo‘lgan shaxslar;
– to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
– “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

@Buxorolik_Talabalar
10.9K views10:51
Ochish/sharhlash