Get Mystery Box with random crypto!

#soliq_hisobotlari Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti to‘l | БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ

#soliq_hisobotlari

Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti to‘ldirildi

“Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi” (paket kodi - 10104_27) ilovasiga 2 ta ustun qo‘shildi:

Elektron tijorat
Turizm hududida xizmat ko‘rsatish faoliyati

Mazkur ustun ko‘rsatkichlari 4-ilova “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi”ga asosan avtomat to’ldiriladi.

Bunda elektron tijorat bilan shug‘illanuvchi soliq to‘lovchilarga Elektron tijorat milliy reestriga kirish majburiyati bekor bo‘ldi.

Yangi 4-ilova – “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi” quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
010-satr - Elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi mustaqil to‘ldiriladi;
020-satr - Turizm hududida umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining jami summasi. Mazkur satr summasi 0201-satr va 0202-satr yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
0201-satr - joriy soliq davrining I-choragida soliq solinadigan jami daromad (mart oyi hisob-kitobining 050-satri) mustaqil to‘ldiriladi.
0202-satr - faoliyat turlari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari Mazkur satr summasi 02021-satr va 02026-satr - yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
02021-satr - Mehmonxona (joylashtirish) xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02022-satr - Savdo xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02023-satr - Umumiyovqatlanish xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02024-satr - Ko‘ngilochar xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02025-satr - Turoperator xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02026-satr - Turagent xizmati mustaqil to‘ldiriladi.

010-satri raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldiriladi;

0201, 02021-02026-satrlarida 27.01.2022-yildagi PQ-104-son qaror bilan belgilangan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2022-yil 1-apreldan keyingi daromadlari ko‘rsatiladi.

Shuningdek, AOS hisobotining “Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi” 2-ilovasiga qo‘lda to‘ldiriladigan quyidagi ustunlar qo‘shildi:
0208-satr - moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati mustafil to‘ldiriladi.
0209-satr - ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga tekinga berilgan tovarlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.
0210-satr - O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar mustaqil to‘ldiriladi.
0211-satr - Yordamchi pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.