Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliqchi_komakchi Jarimalar ikk | БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ

#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliqchi_komakchi

Jarimalar ikki baravarga kamaytirildi

O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘RQ-758 11.03.2022

Xususan, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun alohida 11-1-modda bilan to‘ldirildi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari Vazirlar Mahkamasining 283-sonli qarori (14.05.2020 yil) bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomdan mazkur Qonunga tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha yengilliklar yaratilgan holda o‘tkazildi.

Jumladan:
kichik tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan qo‘shimcha 60 bank kunlik muddatning o‘rniga 90 kalendar kun belgilandi;
boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun esa 30 bank kunlik muddat o‘rniga 45 kalendar kun belgilandi;
jarimalarni qo‘llashda noaniqliklarni oldini olish maqsadida belgilangan muddatlarga aniqlik kiritildi;
tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha *aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlamaganlik uchun jarimalar miqdorlari ikki baravarga kamaytirildi.

Shuningdek, import operatsiyalari bo‘yicha transportda tashish yoki saqlash chog‘ida taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz holatga kelgan tovarlar uchun jarimalar qo‘llanilishi bekor qilindi.

Yengib bo‘lmas kuch ta’siri yuzaga kelganda import operatsiyalari bo‘yicha qo‘llaniladigan jarimalar yengib bo‘lmas kuchning ta’sir muddatiga uzaytirilishi belgilandi.

*Aktivlar repatriatsiyasi – bu norezident majburiyatlarining bajarilishi hisobiga aktivlarning Respublikaga kelib tushishini taʼminlash hisoblanadi.

иловаси ишлаб чиқилади.