Get Mystery Box with random crypto!

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU B
Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU
Kanal manzili: @buxdu_uz
Toifalar: Taʼlim , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.10K
Kanalning ta’rifi

• Buxoro davlat universiteti
• Бухарский государственный университет
• Bukhara state university
@buxdurektorgamurojaatbot
@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
998 65 221-29-14

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 14

2023-04-07 17:17:15"Sport faoliyati" kafedrasida Ukrainalik professor A.A.Beznosyuk bilan seminar-trrening o'tkazildi

#Buxoro_davlat_universiteti “Sport faoliyati” kafedrasida Ukraina davlatining Kiyev Davlat universiteti professori Beznosyuk Aleksandr Alekseevich kafedra professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazib berdi. Bunda ta’lim tizimida ilg’or pedagogik tajribalarning qo’llanilishi, xalqaro tajribalarning O’zbekiston ta’lim tizimida joriylanishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Undan tashqari, O’zbekiston va Ukraina davlatlari bilan do’stona aloqalarni mustahkamlash, o’zaro hamkorlik ishlarini samarali yo’lga qo’yish, ilmiy-tadqiqotlar o’tkazish, scopus, Web of scientist bazalarida ilmiy maqolalar nashr ettirishni yo’lga qo’yish, o’quv adabiyotlari nashr etish, QS darajalarini yaxshilash, kabi masalar muhokama qildindi va o’zaro suhbatlar tashkil qilindi. Kafedra o’qituvchilari qiziqtirgan savollarga mazmunli javob qaytardi.

Ma’lumki, ushbu Ukrainalik professor Beznosyuk Aleksandr Alekseevich 2023 yil 10 aprel sanasidan shu yilning 10 may sanasigacha jami 88 soatlik dars mashg‘ulotlar olib boradi va hamkorlik ishlarini rivojlantirishda bevosita o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
1.9K views14:17
Ochish/sharhlash
2023-04-07 16:19:40
#Diqqat_tanlov

Yoshlarni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlash, yangi iste'dodlarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan "YOSH IQTIDORLAR 2023" tanlovini e'lon qilamiz.

Ushbu tanlov san'atning musiqa, rassomchilik, xoreografiya turlari bo'yicha Respublika miqyosida ixtisoslashtirilgan san'at maktablari, BMSM, O'rta maxsus bilim yurtlari o'quvchilari, oliy o'quv yurtlari talabalari va erkin ijodkor yoshlar o'rtasida masofaviy (onlayn) o'tkaziladi.

Tanlovga ishtirok etish uchun yosh toifasi: 7-12 yosh, 13-18 yosh, 19-25 yosh.

Tanlovga ishtirok etishdan oldin batafsil TANLOV NIZOMI bilan tanishib chiqing.

Tanlovga ishtirok etish uchun arizalar nizomda keltirilgan anketa asosida va tartib-qoidalarga muvofiq holda topshirilishi lozim. Arizalar 1-apreldan 20-aprelga qadar qabul qilinadi.

G'oliblar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Murojaat uchun telefon raqam va manzil nizomda berilgan.
2.4K views13:19
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:52:35 https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-aqsh-talim-tizimida-xalqaro-hamkorlik_471062
1.8K views12:52
Ochish/sharhlash
2023-04-07 14:23:12
#Etirof

“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsyasi 3-o‘rin sohibi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori O‘raeva Darmon Saidaxmedovna;

“Yil talabasi-2022” respublika tanlovining “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi 3-o‘rin sohibi Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi - Tursunov Mirshod

“Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi 4-o‘rin sohibi Pedagogik ta’lim fakulteti talabasi-G‘aybullaeva Sabina

“Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi ishtirokchisi Axborot texnologiyalari fakulteti talabasi Shamsiddinova Maftunabonu

“Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi respublika bosqichi 3-o‘rin sohibi Filologiya fakulteti talabasi Shokirova Gulhayyo

“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” “Eng yaxshi infografika” nominatsiyasi 2-o'rin sohibi Axborot texnologiyalari fakulteti talabasi Aliyev Aminjon taqdirlandilar.
2.5K views11:23
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:19:56

#QVZ_REKTOR_KUBOGI_YARIM_FINAL

Universitetda "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining "Rektor kubogi" uchun o‘ynaladigan bellashuvning 2-yarim final bosqichi bo'lib o'tdi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
3.2K views09:19
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:08:38
#BuxDU_yangiliklari
#Referendum_2023

"Sohibqiron Amir Temur - faxrimiz, g`ururimiz!" mavzusida o`tkazilgan tadbirni BuxDU rektori Obidjon Xamidov ochib berdilar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo'rayev yaqinda bo`lib o`tadigan referendum, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining mohiyati xususida o`z-fikr mulohazalarini bildirdi. BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti professori Sulaymon Inoyatov, professor Shodmon Hayitov, dotsent Abdurayim Boltayevlar o`z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir mobaynida "Temurnoma" kitobi taqdimoti ham bo`lib o`tdi. Shuningdek, Milliy gvardiyaning jasur o`g`lonlari chiqishlari, Amir Temurning buyuk bunyodkorlik va adolat bilan yuritgan siyosatini ochib beruvchi sahna ko`rinishlari yig`ilganlarga taqdim qilindi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
2.8K views08:08
Ochish/sharhlash
2023-04-07 06:47:33
#QVZ_REKTOR_KUBOGI_DAVOM_ETADI

Aziz talabalar, hurmatli yoshlar!

Universitetda "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining "Rektor kubogi" uchun o‘ynaladigan bellashuvning 3-yarim final bosqichiga ham yetib keldik!

Saralashdan o'tib kelgan navbatdagi eng kuchli 4 ta jamoa o'rtasida bellashuv davom etadi.

“Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovining muxlislari bo'lgan universitetimiz yoshlarini bugun 7-aprel kuni soat 14:00 da bosh bino faollar zalida bo'lib o'tadigan katta QVZ festivaliga taklif etamiz.

Unutmang kulgu kafolatlangan!

Unda quyidagi jamoalar o'zaro bellashadilar:

- Pedagogik ta'lim fakultetining "Nostalgie" jamoasi;

- Xorijiy tillar fakultetining "Royal" jamoasi;

- Jismoniy madaniyat fakultetining "Milliard" jamoasi;

- San'atshunoslik fakultetining "Madaniyatli menejer talabalar" jamoasi;

Barcha talaba-yoshlarni "Kulgu shou"siga taklif qilamiz. O'z jamoangizni qo'llab-quvvatlang.
306 views03:47
Ochish/sharhlash
2023-04-06 18:07:31
#QVZ_Rektor_kubogi

"QVZ" 2-yarim finalida "Tarix va yurdik" fakultetining "Legion" jamoasi g‘olib!

Bugun, fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi "Rektor kubogi" bahslarida saralangan  navbatdagi 4 ta jamoa yarim final bosqichida o'zaro bellashishdi.

Murosasiz kechgan ko'rik-tanlov natijalariga ko'ra:

1-o'rin Tarix va yuridik fakultetining "Legion" jamoasi;  

2-o'rin Agronomiya va biotexnologiya fakultetining "Biostar" jamoasi;

3-o'rin Fizika-matematika fakultetining "Extra" jamoasi;

4-o‘rin Axborot texnologiyalar fakultetining "Retro" jamoasi.

G'olib bo'lgan barcha jamoalarni tabriklaymiz!

Barcha 2-yarim final ishtirokchilariga samimiy kulgu va yuqori kayfiyat ulashganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz!

@buxdu_uz
3.7K views15:07
Ochish/sharhlash
2023-04-06 15:59:08
#BuxDU_yangiliklari
#Jayhun_navolari

Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi, professor Baxram Madrimov boshchiligida San’atshunoslik fakulteti professor-o`qituvchilari hamda fakultetning xorazmlik iqtidorli talabalari ishtirokida “Jayhun navolari” konsert dasturi namoyish etildi.

Dasturda Xorazm xalq qo`shiqlari, maqom, estrada kabi yo`nalishlarda kuylangan sara xorazmcha qo`shiq va navolar, unga monand raqslar yig`ilganlarda ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
2.5K views12:59
Ochish/sharhlash
2023-04-06 15:22:53
#TEZKOR
#ZIYORAT_VELOMARAFONI
#BuxDU

HURMATLI BUXORO SHAHRI AHLI! PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!

Sizlarni 7-Aprel kuni soat 05:30 Bahouddin Naqshband ziyoratgohi tomon yo`l oladigan velomarafonga barchangizni taklif etamiz!

Velomarafonga qatnashish uchun quyidagi havola orqali RO'YXATDAN O'TING:
https://forms.gle/GGYnckpCGTohDdPA7

Velomarafonga qatnashish uchun STRAVA ILOVASINI yuklab oling:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.strava&hl=ru&gl=RU

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
780 views12:22
Ochish/sharhlash