Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik #Malaka_oshirish Ayni kunlarda Fransuz fi | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Xalqaro_hamkorlik
#Malaka_oshirish

Ayni kunlarda Fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.f.d. (PhD) O.Bobokalonov boshchiligidagi yetakchi professor-o'qituvchilar kafedra professori O.Adizova, dotsentlar M.Xamidova va N.Kuldashova hamda mustaqil ilmiy tadqiqotchilar B.Sayfullayev hamda D.Narzullayeva Fransiyaning nufuzli Grenobl-Alp universitetining CUEF xalqaro tadqiqotlar markazida tajriba oshirmoqda.

Mazkur oliygohda 4 hafta davomida 144 soatlik malaka oshirish mashg‘ulotlari xalqaro ekspertlar tomonidan olib boriladi. 

Dunyo reytingida yuqori nufuzga ega bo'lgan ushbu universitetda lingvistik, pedagogik, didaktik va metodik tajribalarni boyitish bilan bir qatorda soha doirasida ilmiy tadqiqot ishlariga zamin yaratilmoqda.

Fransuz tilini yuqori saviya o‘qitishda zamonaviy xorijiy tajribalarni qo'llash yo‘lida kafedra jamoasiga muvaffaqiyat tilab qolamiz!
———————
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:

Telegram| Instagram| Facebook| Web-sayt| Youtube