Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul_2023 Buxoro davlat universitetida imtiyozga ega abi | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Qabul_2023

Buxoro davlat universitetida imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ma’lum bo‘ldi:

Abituriyentlarning:

3 438 nafar — umumiy qabul parametrlari doirasida;
172 nafar —O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun alohida besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari;

kunduzgi - 116 ta (29 nafar grant, 87 nafar kontrakt);
sirtqi - 37 ta;
kechki - 14 ta;
masofaviy - 5 ta.

34 nafar “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar;

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi - 23 ta;
sirtqi - 7 ta;
kechki - 3 ta;
masofaviy - 1 ta.

69 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari;

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi - 46 ta;
sirtqi - 15 ta;
kechki - 6 ta;
masofaviy - 2 ta.

7 nafar 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari;
112 nafari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining Buxoro viloyati bo‘yicha taqsimoti;
Aniq va tabiiy fanlar: - 25 ta;
Texnika fanlari: - 14 ta;
Tibbiyot fanlari: - 17 ta.

50 nafar Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasi Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) uchun ajratilgan kvota:

Davlat granti: jami: 10 ta, 7 ta o‘zbek, 3 ta rus

Kontrakt: jami: 40 ta, 23 ta o‘zbek, 17 ta rus.
____________________
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube