Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Buxoro davlat universiteti rektori O.Xa | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Buxoro davlat universiteti rektori O.Xamidov boshchiligidagi universitet jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, “Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yutuqlarini amaliyotga joriy etish, oliy ta’lim va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash; sport ta’limi tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, hamkorlikning kelgusi istiqboldagi faoliyatini rivojlantirish markazda tarbiyalanayotgan sportchilar respublikada raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari, tadqiqodchilar tomonidan dissertatsiyalar doirasida tadqiqotlar olib borish, dolzarb muammoli mavzular bo‘yicha ilmiy ishlar tayyorlash va nashr etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sportchi yoshlar bilan yaqindan tanishib, ularni Buxoro davlat universitetida sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar haqida aytib o‘tishdi. O‘quvchilarni universitetga taklif qilishdi.

@buxdu_uz