Get Mystery Box with random crypto!

#Xushxabar BuxDU talabasi maqom tanlovi g‘olibi bo‘ldi Bux | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Xushxabar

BuxDU talabasi maqom tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti talabasi Asadbek Haydarov Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilarining” II respublika tanlovining maqom xonandaligi (erkak ovoz) yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Asadbek tanlov davomida “Talqini bayot”, “Qarchimoni suvora”, “Guluzorim”, “Sarparda”, “Savti chorgoh”, “Sarahbori iroq” kabi asarlarni mahorat bilan ijro etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Talabamiz va uning ota-onasi hamda ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan chin childan tabriklaymiz!

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha madaniyat xodimlarini 15-aprel – “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” bilan samimiy tabriklaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube