Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat_tanlov Buxoro davlat universiteti talabalarning bo's | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Diqqat_tanlov

Buxoro davlat universiteti talabalarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish, ularda tashabbuskorlik, yetakchilik va notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida "ENG YAXSHI NOTIQ TALABA" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
Fakultet bosqichi — aprel oyining uchinchi o'n kunligi;
Universitet bosqichi — may oyining birinchi o'n kunligi.

Tanlov ishtirokchilari biletda yozilgan muammoli, bahsli mavzularga oid fikrlarini nutqiy mahorat asosida ifoda etishlari talab etiladi.

Batafsil NIZOM bilan tanishing

Tanlov g'oliblarini taqdirlash:
• Tanlovning 1-bosqichida g'olib bo'lgan 3 ta o'rin sohibi diplom hamda planshet bilan taqdirlanadilar.
• Yakuniy universitet bosqichi g'oliblari diplom hamda televizorga ega bo'ladilar.