Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat_tanlov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Diqqat_tanlov

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikamizda tahsil olayotgan barcha talabalar uchun "KITOBXON TALABA" tanlovini e'lon qiladi. Bunda talabalar vazirlik tomonidan tasdiqlangan adabiyotlarni o'qib, tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati

Tanlov 3 bosqichdan iborat:
"Eng bilimdon kitobxon" — test shaklida
"Annotatsiya mahorati" sharti
"Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ'ib etish" sharti

Batafsil NIZOM bilan tanishing

Tanlovning o'tkazilish muddati:
Fakultet bosqichi — 11-aprel
Oliy ta'lim muassasasi bosqichi — 14-aprel
Hududiy bosqich — 19-aprel
Respublika bosqichi — may oyida

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultetingizda yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qiling.

Tanlovning respublika bosqichida g'olib bo'lganlar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar