2021-01-26 20:53:24
Bo'lib tashla va hukmronlik qil!
Tarixi qadimgi Rimga borib taqaladigan bo'lib tashlash va hukmronlik qilish strategiyasi bugungi kunda marketingning o'ziga xos yo'nalishlaridan biriga aylandi. Konkret keys bilan ko'rib chiqaylik.
90-yillarda bir inson bu usul bilan bukmekerlarni ajoyib tarzda chuv tushiradi. 1xBet chilarni emas albatta
Basketbolga pul tikishni yaxshi ko'radigan 1000 ta odamning elektron pochtasini yig'ib chiqadi. Navbatdagi o'yin oldidan ularning 500 tasiga "A jamoa yutadi" deb, qolgan 500 tasiga esa "B jamoa yutadi" deb xabar jo'natadi.
Tabiiyki jamoa yoki yutadi, yoki yutqazadi. Shunga qarab qaysi holat to'g'ri chiqsa, o'sha 500 tani saqlab qo'yardi. Qolgan 500 tani esa bazadan o'chirib tashlar edi. Navbat keyingi qadamga!
Keyingi o'yin oldidan ham u xuddi shunday ishni amalga oshiradi. Bu safar xabarga "Menda insayderlarning ma'lumotlari bor" degan gaplarni ham qo'shib qo'yadi. Yana 250 ta odam "A jamoa yutadi" degan, qolgan 250 tasi esa "B jamoa yutadi" degan xabarni oladi.
Ish shu tariqa davom etadi. U har gal o'yindan keyin o'z bazasidan odamlarning yarmini kamaytirib borar edi. Shu bilan birga unga ishonadigan, NBA ning ashaddiy muxlislari ko'payardi.
U bundan foydalanib, keyingi o'yinlarda o'z prognozlarini 1000 dollardan sotishni boshlaydi va o'z ro'yxatini 2 ga bo'lishda davom etadi, prognoz narxi tobora yuqorilashib borar edi. To oxirgi holatga yetib borguncha bu janob o'z pullarini bir necha yuz ming dollarga oshirib oladi.
Bu holatni zamonaviy marketingda
segmentatsiya deb atashadi. Mahsulot yaratdingizmi, uni aynan qayerda sotishni o'rganing, bozorni taqsimlab oling. Keyin esa hujumga o'ting. Muvaffaqiyat siz tomonda bo'ladi
Credit: Iqtisodplus
Здесь меняются жизни
@businesscompass
2.4K viewsedited 17:53